Daryo

Muftiy Usmonxon Alimov dunyoning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi bir necha yillardan buyon ushbu ro‘yxatdan joy olib kelmoqda

1 daqiqa o‘qish81 096 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sputnik

Iordaniya poytaxti Ammandagi Podshohlik strategik tadqiqotlar islom markazi 26-oktabr kuni an’anaviy ravishda e’lon qilib kelinadigan The Muslim 500 — “Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni” ro‘yxatining 2021-yil uchun reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi — muftiy Usmonxon Alimov o‘rin oldi.

Foto: Sputnik

Ro‘yxat 2009-yildan buyon e’lon qilib kelinadi va unga musulmon dunyosiga siyosiy, mafkuraviy, madaniy va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ta’sir ko‘rsata olgan taniqli insonlar kiritiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov bir necha yillardan buyon ushbu ro‘yxatdan joy olib kelmoqda va bu yilgi reytingda u 166-o‘rinda qayd etildi.

“Alimov 2006-yildan buyon O‘zbekiston bosh muftiysi bo‘lib ishlaydi. U ilgari mufti bo‘lgan Samarqand viloyatida ekstremistlarga qarshi kurashda mo‘tadil pozitsiyasi va isbotlangan tajribasi bilan hurmatga sazovor. Alimov Toshkentning 2007-yilda ISESCO Islom madaniyati poytaxtiga aylanishida muhim rol o‘ynagan”, — deyiladi Muslim 500-2021 reytingida.

Birinchi o‘rinni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on egalladi. Ikkinchi o‘rindan Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdul Aziz al-Saud, uchinchi o‘rindan Eron Oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiy joy olgan.

Foto: The Muslim 500

Prezidentlardan Emomali Rahmon (Tojikiston), Gurbanguli Berdimuhamedov (Turkmaniston) , Ilhom Aliyev (Ozarbayjon), Ramzan Qodirov (Checheniston) ham reytingdan o‘rin olgan.

Taniqli sportchilardan UFC amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov hamda “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh The Muslim 500’ga kiritilgan.

Mavzuga doir: Usmonxon Alimov Prezident farmoniga asosan “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar