Ta’kidlash joizki, kredit olish bir necha yillardan buyon sayyoramizdagi millionlab foydalanuvchilar uchun qulay, moliyaviy yechim vazifasini o‘tab kelgan. Aynan uning ko‘magida ko‘p millionli biznes rivojlanadi — ko‘chmas mulk va avtomashinalar olinadi, universitetlar tahsili tugatiladi, texnika vositalari, zamonaviy mebel jihozlari, zargarlik buyumlari, kiyim-kechaklar xarid qilinadi. Shu bois ham siz agar kredit takliflaridan to‘g‘ri foydalana olsangiz, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir qator yoqimsiz holatlardan va kredit tarixi buzilishidan qochishga hamda shu orqali hayotdan zavq olishga muvaffaq bo‘lasiz!

1. O‘z ehtiyoj va imkoniyatlarimizni baholaymiz

Kredit olish maqsadida bankka murojaat qilishdan avval, intilishlaringizni haqiqatga tatbiq etish uchun qancha mablag‘ zarur bo‘lishini aniqlab oling. Chunki “har ehtimolga qarshi”,deya ana shu yetarli miqdordan oshib ketuvchi pul mablag‘ini olmaslik kerak. Malakali mutaxassislar har doim sizning ishingiz uchun eng to‘g‘ri va eng yaxshi yechimni tanlashda yordam berishadi. Bunday hollarda faqatgina o‘z kasbining ustalari bo‘lgan, malakali mutaxassislargagina ishonishingiz mumkin.

2. Bozor taklifini o‘rganamiz

Duch kelgan birinchi bankdan kredit olmaslik zarur. O‘sha bank faoliyati yorqin belgi va balandparvoz shiorlar bilan e’tirof etilgan bo‘lsada, amalda buning aksi bo‘lishi mumkin. Kredit rasmiylashtirish har ikkala tomonning ham javobgarligini talab qiladi. Shu bois benuqson nufuzga ega bo‘lgan moliyaviy tashkilotni tanlashingiz lozim! Faqatgina ana shunday bankgina kutilgan natijaga erishishda va qarzga botib qolmaslikka yordam beradi.

3. Huquq va majburiyatlarimizni unutmaymiz

Hech bir “qora bozordagi” sarmoyador, lombard yohud bolalikdagi do‘stingiz sizga rasmiy, moliyaviy tashkilot taqdim etadigan darajadagi huquqni bera olmaydi. O‘zbekiston Respublikasi litsenziyasiga ega bo‘lgan bank har doim qonun doirasida ishlaydi. Shubhasiz, shu bois ham u mijozning ishonchiga munosibdir.

4. Shartnomani diqqat bilan o‘rganamiz

Har doim kredit olish va uni to‘lash shartlarini puxta o‘rganing, masalani atroflicha o‘rganmasdan turib, qog‘ozlarga imzo chekmang. Sizni qiziqtirgan savollarni berishdan tortinmang. Vijdonli bank mijozini aldashdan emas, balki uzoq muddatli hamkorlikdan manfaatdordir. Shu bois ham barchasi maksimal darajada shaffof bo‘lishi zarur.

5. Orzularni hayotga tatbiq etish

Istalgan natijani olish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘ni qayerda va qachon sarflashingiz kerak? Bu boradagi xatti-harakatlaringizning ketma-ketlik rejasini tuzib oling. Aksariyat hollarda kassani aylanib o‘tgan holda, ozgina kredit pulini sarflash haqida o‘ylaymiz. Ammo bu tanlagan yo‘lingiz sizni hech qayerga olib bormaydi. Shunday ekan, rejangizdan chetga chiqmang, faqat ana shugina sizni natijaga olib boradi.

6. Intizomni yodga olamiz

Har doim kredit bo‘yicha to‘lovlarini kechiktirmay, o‘z vaqtida yoping, so‘nggi daqiqagacha vaqtni cho‘zmang, to‘lov mablag‘i yig‘ilib qolishiga yo‘l qo‘ymang! Kundaliklaringizga belgi qo‘ying, budilnikni sozlab qo‘ying, buxgalter yoki oila a’zolaringizdan to‘lovlar haqida eslatib turishini so‘rang. Ishoning, bu kelgusida sizning mablag‘ingiz va asabingizni sezilarli darajada tejaydi.

“Ipak yo‘li” banki yirik, o‘rta va kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun turli hajmdagi, 6 turdagi kredit mahsulotlarini taklif etadi. “Ipak yo‘li” bankida kredit taqdim etish borasidagi qarorlar, xizmat ko‘rsatish tizimi to‘g‘ri ishlayotgani va iste’molchilar orasida talab yuqori bo‘lganligi sababli imkon doirasida, qisqa fursatlarda ijobiy hal qilinadi. Mijoz bilan ishlashga malakali va individual yondashish professional munosabatlarning siridir. “Ipak yo‘li” banki kreditlari — bu yutuqlaringiz siri!

“Ipak yo‘li” banki filiallariga zarur maslahat olish uchun murojaat qiling, saytga kirish orqali faqat eng yaxshi xizmat turlarini tanlang!

Tafsilotlar

+99878 140-69-00

Reklama huquqi asosida.