O‘zbekistonda 6-iyul kuni mamlakat hududlari bo‘ylab 136 288 doza COVID-19’ga qarshi vaksina qo‘llanildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Ulardan 93 358 dozasi birinchi bosqichda, 20 916 dozasi ikkinchi bosqichda hamda 22 014 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.
Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jami 4 361 222 doza vaksinadan foydalanilgan, ularning 1 348 382 dozasi ikkinchi va 422 220 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 2 590 620 kishini tashkil etmoqda.
6-iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni
- Namangan viloyati (21 329 doza),
- Farg‘ona viloyati (20 821 doza),
- Andijon viloyati (20 633 doza) band qildi.
- Namangan viloyatida 535 872 doza,
- Farg‘ona viloyatida 515 597 doza,
- Andijon viloyatida 497 478 dozani tashkil qilmoqda.
Izoh (0)