Tokiodagi Sindzyuku temiryo‘l stansiyasi yaqinida yuqori texnologiyali reklama banneri yordamida ulkan mushukning tasviri hosil qilindi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Kadr: YouTube

Raqamli reklama banneri uchta qavatdan ortiq joyni egallagan va 4K sifat hamda ovozlarni taqdim etishga qodir egilgan yorug‘lik diodli ekrani bilan qolganlaridan ajralib turadi. Egilgan ekran katta chuqurlikni, shuningdek, maxsus ko‘zoynaklarsiz xuddi haqiqiydek ko‘rinish olgan 3D-effektlardan bahramand bo‘lishni ta’minlaydi.

Uch o‘lchamli yangi texnologiyani Tokio ko‘chalariga o‘rnatish uchun Sindzyuku stansiya yaqinida ulkan uch o‘lchamli mushukning qisqa videosi namoyish etilmoqda.

Mushuksimonlar oilasining raqamli vakili rasmiy chiqishi 12-iyul kunidan boshlanadi. Hozircha bu faqat test video.

Mushuk har kuni ertalab soat 07:00 da uyg‘onadi va tungi 01:00 ga qadar harakatda bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan u kun davomida reklama oralarida paydo bo‘lib, piyodalarga miyovlab turadi.

Avvalroq Google uch o‘lchamli “real” hayvonlarning ro‘yxatini yana 50 ta jonzot bilan boyitgani to‘g‘risida xabar berilgandi.