Gollivud yulduzi Alek Bolduin “Kichkina xo‘jayin 2” multfilmining Nyu-Yorkdagi premyerasiga oilasi bilan tashrif buyurdi. Tadbirdagi oilaning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Getty Images

Ma’lumki, Bolduin ushbu multiplikatsion lentaning ovozlashtirish jarayonida ishtirok etgan.

Aktyorga uning rafiqasi Xilariya va olti nafar farzandi hamrohlik qilgan. Yulduzlar oilasi qora kostyum va galstukli oq ko‘ylakda bo‘lgan. Juftlikning o‘g‘illaridan ikki nafari esa quyoshdan himoyalanuvchi ko‘zoynaklar taqib olgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bolalarning eng kichiklarini o‘n oylik Eduardo va to‘rt oylik Lyusiyani Alek va Xilariya qo‘liga ko‘tarib olgan.

Foto: Getty Images

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning martida Alek Bolduin 62 yoshida yettinchi marta ota bo‘lganini uning 37 yoshli rafiqasi Xilariya Instagram sahifasida ma’lum qilgandi. O‘shanda yangi tug‘ilgan chaqaloqning ismi va jinsi haqida ma’lumot berilmagan. Aktyorning rafiqasi atigi olti oy oldin o‘g‘il tug‘gani sababli chaqaloqni surrogat ona dunyoga keltirgani taxmin qilingandi.

Avvalroq Bollivudning eng  mashhur juftliklaridan biri Saif Ali Xon va Karina Kapur ikkinchi marta ota-ona bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.