Daryo

Aktyor Alek Bolduin 62 yoshida yettinchi marta ota bo‘ldi

Bolduinning rafiqasi oltita farzandi, shu jumladan, yangi tug‘ilgan chaqaloq bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi

1 daqiqa o‘qish64 862 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Instagram

Amerikalik aktyor Alek Bolduin 62 yoshida yettinchi marta ota bo‘ldi. Bu haqda uning 37 yoshli rafiqasi Hilariya Instagram sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ismi va jinsi haqida ma’lumot berilmagan. Aktyorning rafiqasi atigi olti oy oldin o‘g‘il tug‘gani sababli chaqaloqni surrogat ona dunyoga keltirgani taxmin qilinmoqda.

Bolduinning rafiqasi oltita farzandi, shu jumladan, yangi tug‘ilgan chaqaloq bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Alekning sobiq turmush o‘rtog‘i – aktrisa Kim Beysinger bilan turmushidan 24 yoshli qizi ham bor.

Foto: Instagram

Bolduin 2012-yilda yoga bo‘yicha murabbiyi Hilariya Tomas bilan oila qurgan. Juftlikning yetti yoshli qizi Karmen va to‘rt o‘g‘li bor: besh yoshli Rafael, to‘rt yoshli Leonardo, ikki yoshli Romeo va olti oylik Eduardo.

Foto: Instagram
Avvalroq Bollivudning eng  mashhur juftliklaridan biri Saif Ali Xon va Karina Kapur ikkinchi marta ota-ona bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar