O‘zbekiston hududida 21-iyun va ish haftasi davomida Ural hududlaridan deyarli salqin havo kirib kelishi davom etadi, bu esa kunduz kunlari havo harorati ko‘tarilishining oldini oladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tekislik hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 22—23-iyun kunlari kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shu kunlarda havo harorati kechalari 16-21daraja, kunduz kunlari 30-35 daraja, janubda 36-39 daraja atrofida bo‘ladi. Qayd etilishicha, bu iyun oyi so‘nggi o‘n kunligining me’yoriy harorat qiymatlariga yaqindir.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda ayrim kunlarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.