• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moskvada koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha mutlaq rekord qayd etildi. Shaharda cheklovlar iyun oxirigacha uzaytirildi

    Moskvada o‘tgan sutkada 9056 kishida koronavirus aniqlandi, bu pandemiya boshidan buyon qayd etilgan mutlaq rekord, deb yozadi “RBK”.

    Foto: “Moskva” shahar axborot agentligi

    Foto: “Moskva” shahar axborot agentligi

    So‘nggi marta Rossiya poytaxtida 2020-yil 24-dekabr kuni infeksiya yuqtirishning eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etilgan bo‘lib, 8203 kishida COVID-19 aniqlangan edi.

    Moskva meri Sergey Sobyanin 17-iyun kuni koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tez yomonlashayotganini ma’lum qildi. Uning aniqlik kiritishicha, kasallanganlar soni 3 mingdan 7 minggacha o‘sgan.

    18-iyun, juma kuni Sobyanin infeksiya tarqalishining oldini olishga qaratilgan yangi cheklovlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Xususan, Moskvada 1000 dan ortiq odam ishtirokidagi ommaviy ko‘ngilochar tadbirlar taqiqlandi, raqs maydonchalari va futbol muxlislari uchun muxlislik zonalari yopilmoqda.

    Sergey Sobyaninning farmoni qo‘shimcha cheklov choralarini 29-iyunga qadar uzaytirdi. Shu vaqtga qadar umumiy ovqatlanish tashkilotlariga soat 23:00 dan 06:00 gacha ishlash taqiqlanadi. Bolalar o‘yingohlari, sport maydonchalari, fudkortlar va hayvonot bog‘lari yopiladi.

    19-iyundan 29-iyungacha tajriba sifatida Moskvada 10—20 ta koronavirusdan xoli restoranlar ochiladi, ular tunda ishlashi mumkin bo‘ladi va u yerga odamlar QR-kod orqali kiritiladi.

    Shu bilan birga Moskva meri o‘rinbosari Anastasiya Rakovaning ma’lum qilishicha, o‘tgan bir kecha-kunduzda, taxminan, 42 ming moskvalik koronavirusga qarshi emlansh uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Bu bir hafta oldingi ko‘rsatkichga nisbatan to‘rt baravar ko‘p.

    Moskvada COVID-19’ga chalinish holatlarining keskin o‘sishi ortidan Rossiyada kasallanganlarning umumiy ko‘rsatkichi fevral holatiga qaytdi. O‘tgan kun davomida respublikada COVID-19 bilan kasallangan 17 262 nafar yangi bemor aniqlandi, bu 1-fevraldan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

    Moskva bilan bir qatorda so‘nggi 24 soat ichida COVID-19 bo‘yicha yetakchilik qilgan hududlarga quyidagilar kiradi:

    • Moskva viloyati — 1254;
    • Sankt-Peterburg — 970;
    • Buryatiya — 223;
    • Nijegorod viloyati — 218.
    Sankt-Peterburg davlat universiteti matematiklarining prognoziga ko‘ra, pandemiya yangi to‘lqinining eng yuqori nuqtasi iyun oyining oxirida bo‘ladi — kunlik kasallanish darajasi 25 ming kishiga yetishi mumkin. Yozning birinchi oyida faol bemorlar soni bo‘yicha ham rekord o‘rnatilishi, ularning soni 580 mingga yetishi mumkin (yanvar oyida 560 ming kishi bir vaqtning o‘zida kasallikni boshdan kechirgan). Iyul oyining o‘rtalariga kelib kasallanish kuniga 20 ming kishiga tushishi mumkin, shundan keyin u pasayishda davom etadi.

    Umumiy hisobda, Rossiyada pandemiya boshlanganidan beri 5 million 281 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlangan. Bemorlarning aksariyati sog‘ayib ketishga muvaffaq bo‘lgan, ammo 128 445 kishi kasallikdan vafot etgan. Tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir kun ichida 453 kishi COVID-19 qurboniga aylandi, ularning 78 nafari Moskvaga to‘g‘ri keladi.

    Mavzuga doir:

    • Moskvada koronavirusga chalinganlar ko‘payib ketgani sababli yangi cheklovlar kiritildi. COVID-bemorlar uchun kasalxonalar tayyorlanmoqda
    • Moskvada majburiy vaksinatsiya boshlanadi. Ikki oy ichida savdo va xizmat ko‘rsatish xodimlarining 60 foizi emlanishi mumkin
    • Moskva ortidan Sankt-Peterburg ham COVID-19 cheklovlarini kuchaytirmoqda

    18.06.2021, 18:54   Izoh (0)   23684
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonda fermerlar suv tanqisligi tufayli namoyishga chiqdi. Qurg‘oqchilik O‘zbekiston va Qozog‘istonga suv berilayotgani bilan bog‘lanmoqda

    18.06.2021, 18:08

    Emlanmagan kuvaytliklar mamlakatdan chiqarilmaydi, Rossiyada saqich shaklidagi COVID-vaksina ishlab chiqilmoqda, Indoneziyada emlanganlarga tovuq berilmoqda. Koron...

    18.06.2021, 16:11

    Eronda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda

    18.06.2021, 11:45

    Ozarbayjonda Turkiya harbiy bazasi tashkil qilinishi mumkin

    18.06.2021, 09:42

    AQSh aholisining 50 foizdan ortig‘i emlandi, ayrim shtatlarda cheklovlar butunlay olib tashlandi. Mamlakat koronavirusdan keyingi hayotga qanday o‘tmoqda? (foto)

    18.06.2021, 09:26

    Shri-Lanka sohillari yaqinida kimyoviy moddalar ortilgan kema cho‘kib ketdi. Bu ekologik falokat keltirib chiqarishi mumkin

    18.06.2021, 08:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farg‘onada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan mahalla raisiga 4 sutka berildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:40

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Muhammad alayhissalom dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentdagi ekspozitsiyadan joy oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:25

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20

    “Yig‘laganini ham eshitmabman”. Marg‘ilonda yosh bolani Gentra’da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.