Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasida Rossiya va Finlyandiya terma jamoalari 16-iyun, chorshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Sankt-Peterburgda o‘tgan bahs mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Aleksey Miranchuk zargarona zarbasi bilan musobaqa debyutanti — finlar darvozasini ishg‘ol etdi. Ushbu gol yakunda Rossiya termasiga g‘alaba qozonish uchun yetarli bo‘ldi.

Rossiya — Finlyandiya o‘yinida urilgan golni bu yerda ko‘rish mumkin — video.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Belgiya va Daniya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Yevro—2020

Guruh bosqichi, 2-tur

16-iyun, chorshanba

Rossiya — Finlyandiya 1:0

Gol: 1:0 — 45+2 Miranchuk.

Finlyandiya: Gradeski, Uronen, Arayuuri, Oshonessi, Raytala (Soyri, 75), Shyuller (Kauko, 67), Kamara, Lud, Toyvio (Yensen, 84), Pohyanpalo, Pukki (Lappalaynen, 75).

Rossiya: Safonov, Jikiya, Diveyev, Fernandes (Karavayev, 26), Kuzyayev, Zobnin, Barinov, Golovin, Ozdoyev (Jemaletdinov, 61), Miranchuk (Muxin, 85), Dzyuba (Sobolev, 85).

Ogohlantirishlar: Kamara (22), Barinov (27), Ozdoyev (34), Jikiya (88), Oshonessi (90).