Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati—2022 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15-iyun, seshanba kuni Saudiya Arabistoni bilan bahs yuritdi.

Foto: O‘FA / “Daryo”

Foto: O‘FA / “Daryo”

Uchrashuv saudiyaliklarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida Salmon al-Faraj dubl qayd etgan bo‘lsa, Ali al-Hassan o‘yindagi so‘nggi golni kiritdi.

Shu tariqa O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta Jahon Chempionatlari saralashi doirasida 3-bosqichga chiqa olmadi. Qayd etish joiz, mazkur o‘yinda Vadim Abramov shogirdlarini durang natija ham qoniqtirardi. Saudiya esa o‘yin natijasidan qat’i nazar keyingi bosqichga yo‘l olardi.

So‘nggi turdan keyin D guruhidagi holat:

Foto: “Daryo” / Maftuna Jaloliddinova

Foto: “Daryo” / Maftuna Jaloliddinova

JCh—2022 saralashi

15-iyun, seshanba

Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston 3:0

Gollar: 1:0 — 25 al-Faraj, 2:0 — 32 al-Faraj, 3:0 — 52 al-Hassan.

Saudiya Arabistoni: Muhammad al-Ovays, Sulton al-G‘anim, Abdulla Madu, Yosir ash-Shahroni, Hassan at- Tambakti (Muhammad al-Habrani, 78), Salmon al-Faraj, Ali al-Hassan (Sami an-Naji, 54), Ibrohim Otayf, Holid ash-Shahri (Firas al-Birakan, 64), Abdulloh G‘arib (Saud Abdul Hamid, 78), Muhammad Xalil al-Ovays.

O‘zbekiston: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Rustam Ashurmatov, Odil Hamrobekov (Ikrom Aliboyev, 54), Otabek Shukurov, Odil Ahmedov (Islom To‘xtaxo‘jayev, 80), Jaloliddin Masharipov, Oleg Zoteyev, Eldor Shomurodov, Vagiz Galiulin (Doston Hamdamov 54, Farruh Ikromov 80), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (Oybek Bozorov, 54).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston madhiyasi qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi. Davlat ramzi tarixiga qisqacha nazar
Mahalliy
O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi tushishi kutilmoqda
Dunyo
Malakali mutaxassislar uchun 2022-yildagi eng jozibador davlatlar reytingi e’lon qilindi