Avstraliya bo‘ylab tirkamada namoyish etilib yurgan ulkan kakadu (tojli to‘tiqush) haykali ayrimlarni qo‘ruvga solgan bo‘lsa, mamlakatning ba’zi aholisida g‘urur hissini uyg‘otdi, deb xabar beradi Meduza.

Kadr: Telegram

Kakadu — Avstraliyada o‘tkazilayotgan hayvonlarning ulkan shakllari paradida ishtirok etish uchun rassom va haykaltarosh Farvardina Daliri tomonidan yaratilgan konstruksiya. Festival nomi Carnival of Joy bo‘lib, u Kvinslend shtati janubi-sharqidagi Taunsvillda bo‘lib o‘tadi. Daliri qushni yaratishning butun jarayoni tasvirlangan videoni Instagram’dagi sahifasiga joylab borgan.