Avstraliya milliy keng polosali tarmog‘i sim va kabellarni g‘ajib qo‘yadigan yovvoyi kakadulardan nolidi: bu internet faoliyati sekinlashishi va ayrim qismlari ishdan chiqishiga olib kelmoqda. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: TJournal

Tarmoq muhandislari kakadu qimmat turadigan optik tolali va kuch kabellariga hujum qilishini bildirdi. Kompaniya yeb bitirilgan jihozlarni yangisiga almashtirish uchun 60 ming dollar sarfladi.

Ekspertlarga ko‘ra, kakaduni kabellarning rangi va joylashuvi o‘ziga jalb etadi. Milliy keng polosali tarmoq barcha jihozlarni maxsus g‘iloflarga joylashga qaror qildi, bu qo‘shimcha 14 dollarga tushadi.

Ma’lumot uchun, Avstraliya rasmiylari internet infrastrukturasini rivojlantirishga 36 milliard dollar sarfladi, biroq yuqoridagi muammolar tufayli dunyoda tezligi bo‘yicha 50-o‘rinni egallab turibdi.