• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ma’lumotlarni taqdim etishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaymiz”. IIV zo‘ravonlikka oid statistikani berishdan bosh tortdi

    Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistondagi zo‘ravonlikka qarshi “Nemolchi.uz” loyihasiga mamlakatda qiynoqqa solish, jismoniy va ma’naviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyatlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotni berishdan bosh tortdi. Bu haqda Telegram’dagi “Nemolchi.uz” kanalining bosh muharriri Irina Matvienko ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Statistika “Nemolchi.uz” resurslariga tahliliy materiallar tayyorlash, shuningdek, Irina Matvienkoning o‘zi ham a’zosi bo‘lgan Bosh prokuratura huzuridagi oiladagi zo‘ravonliklarga qarshi kurashish bo‘yicha ishchi guruhning tadqiqotlari doirasida so‘ralgan.

    Loyiha bosh muharriri 2016—2020-yillar davomida Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar statistikasini so‘ragan:

    • 103-modda (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish);
    • 103-1-modda (o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash);
    • 105-modda 1-qism (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish);
    • 109-modda (qasddan badanga yengil shikast yetkazish);
    • 110-modda 1-qism (qiynash);
    • 112-modda (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish);
    • 118-modda 1-qism (nomusga tegish);
    • 119-modda 1-qism (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish);
    • 121-modda 1-qism (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish);
    • 136-modda (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish);
    • 139-modda 1 va 2-qismlari (tuhmat, jumladan, nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan, OAV, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish);
    • 140-modda 1 va 2-qismlari (haqorat qilish, jumladan, nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan OAV, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish);
    • 141-1 modda 1-qism (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish).
    Shuningdek, loyiha bosh muharriri ochilgan ishlarning qanchasi oxiriga yetkazilgani, qanchasi tomonlarning yarashtiruvi bo‘yicha yopilgani bo‘yicha ma’lumot taqdim etilishini so‘ragan.

    Ichki ishlar vazirining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi Shohrux G‘iyosov tomonidan imzolangan javob xatida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunning 6 va 8-moddalariga ko‘ra, siz so‘ragan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi, deyilgan.

    Foto: Telegram / “Nemolchi.uz”

    Foto: Telegram / “Nemolchi.uz”

    Yuqoridagi qonunning 6-moddasida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish, agar mazkur axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, cheklab qo‘yilishi; Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborotga taalluqli ma’lumotlarning ro‘yxati, shuningdek, ma’lumotlarni bunday axborot jumlasiga kiritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanishi” ko‘rsatilgan.

    “Hech qanaqa izohim yo‘q. Ishtiyoqim qolmadi. O‘zbekistonda yuqoridagi kimgadir so‘z erkinligi va hokimiyat organlarining xalq oldidagi hisobdorligi kerak ekanligiga ishonmayman. Prezident almashganidan buyon to‘rt yil o‘tdi, OAV esa hamon shu kabi quruq rasmiy javoblarni olmoqda”, — deb yozadi loyiha bosh muharriri.

    Keyinroq Irina Matvienko ushbu ma’lumotlarni nima sababdan so‘raganiga izoh bergan. Jinoyat kodeksining yuqoridagi ba’zi moddalariga binoan ish faqat shaxsiy, ya’ni jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilishi mumkin. Jabrlanuvchi o‘z huquqlarini himoya qilishga layoqatli emasligi kabi istisno holatlarda prokuror jinoyat ishini mustaqil o‘zi qo‘zg‘atishga majbur. Bundan tashqari, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan ushbu moddalarda yarashuv orqali jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi ko‘zda tutilgan.

    Irina Matvienko ayollarga nisbatan jinoyat ishlari jabrlanuvchining arizasi asosida qo‘zg‘atilsa va keyinchalik tomonlar yarashuvi bilan yopilsa, nimalar sodir bo‘lishini ma’lum qilgan:

    • Jinoyatchi jabrlanuvchida arizani qaytarib olish yoki uni umuman bermaslik imkoniyati borligini biladi. Jinoyatchi zo‘ravonlikni javobgarlikdan qutulib qolish mumkin bo‘lgan hayotning normal tarzi deya qabul qiladi.
    • Tajovuzkor, yaqinlari yoki stereotiplar ta’siridagi bosim ostida qolgan qurbon ariza yozmaydi yoki uni qaytarib oladi. Qurbon zo‘ravonlikni ko‘nikishi kerak bo‘lgan normal holat deb qabul qiladi.
    • Guvohlar jabrlanuvchi arizasini qaytarib olishi yoki ularni o‘zganing hayotiga aralashishda ayblashi mumkinligini tushungan holda jim turadi. Guvohlar zo‘ravonlikni ayrim insonlarning ongli tanlovi deb qabul qiladi.
    • Uchastka inspektorlari ikki kundan keyin jabrlanuvchi arizasini qaytarib olishi mumkinligini tushungan holda ishni ochishni “cho‘zadi”. Uchastka inspektorlari zo‘ravonlikni oilalarda mavjud normal hayot tarzi sifatida qabul qiladi.
    “Ushbu yondashuv ayollarga nisbatan zo‘ravonlik borasidagi bag‘rikenglikni kuchaytiradi va bu odatiy holga aylanadi. Zo‘ravonlikka toqat qilmaydigan muhitni yaratish uchun qonunchilikdan zo‘ravonlikni odatiy hol sifatida qabul qilishga bilvosita yo‘l qo‘yadigan mexanizmlarni olib tashlash kerak”, — deya qayd etadi “Nemolchi.uz” bosh muharriri.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 209 erkak Ayollarni reabilitatsiya qilish markazlariga murojaat qildi

    11.06.2021, 14:40   Izoh (0)   14296
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Farg‘onadagi ikkita OTMga rektor tayinlandi

    11.06.2021, 14:27

    O‘zbekistondagi OTM bitiruvchilariga diplom olish uchun ish beruvchi korxonalardan shartnoma olib kelish yuzasidan topshiriq berilmagani ma’lum qilindi

    11.06.2021, 14:13

    “Bek-baraka” bozorida savdo qiluvchilardan 9 mln so‘m tovon puli olgan 6 nafar shaxs qo‘lga olindi

    11.06.2021, 13:38

    Shavkat Mirziyoyev Dushanbedan Xo‘jandga keldi

    11.06.2021, 13:23

    O‘zbekistonda 12-iyun kuni quruq va 40 darajagacha issiq ob-havo bo‘ladi

    11.06.2021, 13:12

    Samarqand aeroporti birinchi marta Olmaotadan reys qabul qildi, Turkish Airlines samolyoti esa ilk bor Istanbuldan Urganchga uchdi

    11.06.2021, 12:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.