Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In keskin va katta miqdorda vazn tashladi, bu uning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ldi, deb yozadi The Guardian.

Foto: “Korrespondent.net”

U deyarli bir oy davomida ommaga ko‘rinmaganidan so‘ng, jamoatchilik oldida sezilarli darajada ozg‘in bo‘lib paydo bo‘ldi.

Foto: nknews.org

Foto: nknews.org

Ta’kidlanishicha, 2011-yildan beri Kim Chen In yiliga o‘rtacha 6-7 kilogrammgacha vazn orttirishni boshlagan, 2020-yilga kelib uning vazni deyarli 140 kilogrammni tashkil etgan. Kim Chen Inning tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar sababi hozircha noma’lum. Ehtimol, bu uning kasalligini, ehtimol sog‘lom turmush tarziga o‘tganini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4-iyun kuni Kim Chen In qariyb bir oydan buyon birinchi marta jamoatchilikka ko‘rinish berdi. Undan avval Oxirgi marta Kim Chen In 7-may kuni Pxenyanda o‘tkazilgan konsertda qatnashgan edi. Shimoliy Koreya rahbarining shuncha vaqt jamoat oldiga chiqmaganiga oid ehtimoliy sabablar aytilmagan.

Bu vaqt mobaynida 28-may kuni u Suriya prezidenti Bashar Asadga maktub yo‘llagani, unda Asadni prezidentlik lavozimiga qayta saylangani bilan tabriklagani ma’lum bo‘lgan