Dunyoning turli nuqtalaridagi musiqachilar mushukning miyovlashini Alugalug Cat qo‘shig‘iga aylantirdi, deb xabar beradi Esquire.

Kadr: YouTube

Miyovlayotgan mushuk memi internetda may oyida mashhurlikka erishdi, o‘shanda TikTok’da insonga tahdidli qarab turib, baland ovozda miyovlayotgan mushuk videosi tarqalgan edi.

Janubiy afrikalik The Kiffness taxallusi ostidagi musiqachi miyovlayotgan memga bit va baslarni qo‘shgan, shuningdek, musiqa matnini ham o‘ylab topgan.

Men — inson, sen — mushuk.

Biz musiqa yaratamiz va bu fakt.

Qo‘rquvdan baqirishingni eshitish emas yoqimli,

Ammo sen xavotirlanma, men sen bilan.

Sen ajoyib kuylar ijrosini davom et.

Seni qo‘rquvga solgan narsa, ba’zan ozod etishi mumkin

Qalbing tubida og‘riq borligini bilaman.

Ammo zulmatda g‘aroyib narsalarga duch kelish mumkin.

TikTok va YouTube’dagi mashhurlikdan so‘ng (rolik millionlab marotaga tomosha qilingan, shuningdek, yuzlab va o‘n minglab layk to‘plagan), The Kiffness trekining to‘liq versiyasini chiqargan.

Bu bilan Alugalug Cat’ning mashhurligi to‘xtab qolmagan. Qo‘shiq boshqa musiqachilar e’tiborini ham tortgan va ular duet yozishga kirishgan.

Braziliyalik skripkachi Amanda Barbalo, chexiyalik ukulelachi (gavayiliklarning mitti gitarasi) Kristov Gron, rossiyalik fleytachi Aksina Xomenko va boshqalar duetga qo‘shilgan.

The Kiffness, shuningdek, qo‘shiqni Spotify striming platformasiga ham yuklagan.