“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
13:40, 03.06.2021 44123

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 4-iyun kuni 46 darajagacha issiq bo‘lib, chang bo‘roni kuzatilishi mumkin

“O‘zgidromet” 4-iyun, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: “Daryo”

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 39-41 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 38-43 daraja, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 38-43 daraja, ba’zi joylarda 44-46 darajagacha bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hafta davomida juda issiq ob-havo saqlanib qoladi. “O‘zgidromet” haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo kuchayishi va chang bo‘ronidan ogohlantirgandi.

Boshqa yangiliklar