Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida ikki o‘smir kanalga cho‘kib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Makan.uz” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘smirlar 2-iyun kuni soat 13:45 larda Qipchoqdaryo kanalida cho‘milayotgan bo‘lgan.
Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida o‘smirlarning ikkisi ham vafot etgan.
Avvalroq Katta Farg‘ona kanalining cho‘milish mumkin bo‘lmagan hududida 15 yoshli bola cho‘kib ketgani, Toshkentdagi Anhor kanalidan erkak jasadi topilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)