Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Karlo Anchelotti “Real” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Madrid klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

61 yoshli italiyalik mutaxassis bilan 2024-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolangan. U “qirollik klubi”ga qaytish uchun “Everton” bilan o‘rtadagi kelishuvni bekor qildi.

Avvalroq “Real” fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidanning iste’foga chiqqanini e’lon qilgandi.

Anchelotti 2013—2015-yillarda ham “Real”ga ustozlik qilgan. Madridliklar uning boshchiligida Chempionlar Ligasi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, Ispaniya Kubogi va mamlakat Superkubogida g‘alaba qozongan.

“Real” 2020/21-yilgi mavsumda La Ligada ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Chempionlar Ligasida yarim finalga qadar yetib bordi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi
Mahalliy
Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)