Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” hujumchisi Karim Benzema Madrid klubidagi kelajagi haqida gapirdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Har mavsumda yanada yaxshiroq bo‘lishga harakat qilaman. Shaxsiy faoliyat nuqtayi nazaridan ham, jamoaviy jihatdan ham hali orzularimning o‘rtasidaman. Bu yerda men azaldan o‘ynashni orzu qilgan futbolimga egaman. Bu mening futbolim, men shunday o‘ynayman. Klub esa mening hayotim.

Men uchun maydonda bo‘lish va har doim o‘z ishimga borimni baxshida qilish juda muhim, chunki men futbolni juda yaxshi ko‘raman. Keyingi mavsumda ham “Real”da qolaman.

Karim Benzema, “Real” hujumchisi

Karim 2009-yildan beri “Real” sharafini himoya qilib keladi. Ortda qolgan 2020/21-yilgi mavsumda u Ispaniya La Ligasining 34 ta o‘yinida maydonga tushib, 23 ta gol va 9 ta golga hammualliflik qildi. Uning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilgacha mo‘ljallangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi