Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Madaniyat vaziri boshchiligidagi bir guruh san’atkorlar jamoat transportida.

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov yangi “Xorazm go‘zali” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi.

Lola aeroportlarga o‘zgacha mehri haqida post yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

“Akula” hajviy dasturida Ahad Qayum yo‘qolib qolgani haqidagi mutoyiba efirga uzatildi.

Ulug‘bek Rahmatullayev ijtimoiy tarmoqlarga kirmaslikni baxt deb atadi.

Foto: Instagram

Shohruhxon tug‘ilgan kunini qanday nishonlagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Asal Shodiyeva turmush o‘rtog‘ining tug‘ilgan kunida qaynonasini birinchi bo‘lib tabrikladi.

Burak O‘zchivit opasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Yulduz Usmonova va Zohirshoh Jo‘rayev Hyatt mehmonxonasi yaqinida o‘tkazilgan konsert dasturida ko‘rishib qolishdi.

Raqqosa Parizoda to‘yda raqsga tushayotgan paytda qoqilib, yiqilib tushishiga bir baxya qoldi.

Xonanda Farhod Saidov transformer-robotni “tutib oldi”.

Foto: Instagram

“Meni asra” serialidagi Zahida obrazi bilan tanilgan yosh aktrisa Mumtoz Shermati Hindistonda tahsil olgan paytda Ritik Roshan bilan bir filmda suratga tushgani haqida so‘zlab berdi.

Hulkar Abdullayeva folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Xonanda Vohidjon Isoqov bolaligidan Sevinchni qattiq yaxshi ko‘rgani hamda uning uchun Boku shahriga sayohat tashkillashtirgani haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston va Tojikiston primadonnalari Yulduz Usmonova hamda Shabnam Surayyo Samarqanddagi to‘yda birgalikda duet kuyladi.