Dastlab BB kremlari Osiyoda paydo bo‘lgan, chunki u yerda teri go‘zalligi va yoshligiga jiddiy e’tibor beriladi. BB qisqartmasi “Beauty Balm” – “go‘zallik balzami” degan ma’noni anglatadi. BB kremlari qanchalik foydali bo‘lishi mumkin? Teri yuzasidagi kamchiliklarni mukammal darajada niqoblaydi, tekislikni hosil qiladi, yuzga yorqinlik va sog‘lom ko‘rinish baxsh etadi.

Foto: Cosmopolitan

Garnier Skin Naturals

Foto: Cosmopolitan

Ushbu BB kremi 5 ta muhim vazifani bajaradi: terini namlaydi, uni tetiklashtiradi, kamchiliklarni yashiradi, yorqinlik qo‘shadi va ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi.

Dream Satin, Maybelline New York

Foto: Cosmopolitan

Mayin hamda suvga asoslangan gel formulasi namlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, bazaning eng yaxshi sifatlarini o‘zida namoyon etadi. Kamchiliklarni yashiradi va terini yosh va yorqin ko‘rinishga olib keladi.

Healthy Mix, Bourjois Paris

Foto: Cosmopolitan

Mazkur BB kremi terining rangi bilan mukammal birlashadi, yuzni tekislaydi va kamchiliklarni yashiradi. Ultrayengil to‘qimalar o‘rnini to‘ldiradi, teridagi ajinlarni kamaytiradi.

Vivienne Sabo

Foto: Cosmopolitan

Ushbu mahsulot bejizga bestsellerga aylanmagan. Krem terini mukammal namlaydi, oson surtiladi, so‘riladi va shu bilan birga, teridagi nuqsonlar bilan yaxshi kurashadi.

Holi Pop, Holika Holika

Foto: Cosmopolitan

Terini tinchlantiradi va yumshatadi, yallig‘lanishga qarshi va jonlantiruvchi ta’sirga ega, shuning uchun yog‘li va aralash terilar uchun juda mos keladi. Tarkibdagi tabiiy ingredientlar yog‘ bezlari ishini normallashtirishga yordam beradi.

BB-krem + Primer, PUPA

Foto: Cosmopolitan

Ushbu yengil namlantiruvchi krem mayda ajinlar va toshmalarni yashiradi va terining rangiga mukammal moslashadi.

Super BB-stick Physicians, Formula

Foto: Cosmopolitan

Ushbu BB kremi terining yengil porlashi va sog‘lom yuz terisi uchun mukammal vosita hisoblanadi. Shuningdek, makiyajni tezda moslashtirishga imkon beradi. Uning yordamida ko‘z ostdagi charchoq izlarini yashirish, qizarishni bartaraf etish, yonoq suyaklarini ta’kidlash yoki uni qosh ostida va yuqori labning ustidagi “chuqurchada” yorituvchi sifatida ishlatish mumkin.

Camera Ready, Smashbox

Foto: Cosmopolitan

BB kremi terini namlaydi, yaxshilaydi, yog‘ hosil bo‘lishidan himoya qiladi va buni nazorat qiladi. Natijada yumshoq, yorqin va namlangan teriga erishish mumkin.

Skin Perfecting, Clarins

Foto: Cosmopolitan

Tabiiy va ko‘rinmas qoplamali va terining nafas olishiga imkon beradigan yengil to‘qimalarga ega bo‘lgan namlovchi suyuqlik terini taranglashtiradi, terining muvozanatini tiklaydi.

Daily Protection, KIKO Milano

Foto: Cosmopolitan

Ko‘pvazifali krem: terini himoya qiladi, tekislaydi va yaxshilaydi, namlaydi va ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Qoplamani terining holatiga qarab tanlash mumkin.

Glow Time, Jane Iredale

Foto: Cosmopolitan

Bittada 3 mahsulot: bo‘yanish bazasi, yashirish vositasi, quyoshdan saqlovchidir. Krem terini oziqlantiradi, himoya qiladi, tekislaydi va qoplama bilan ta’minlaydi.

BB-tomchi yuz uchun, Erborian

Foto: Cosmopolitan

BB tomchilari parvarish va BB mahsulotlarining mukammal umumlashmasidir. Ushbu “go‘zallik tomchilari” jenshen bilan boyitilgan bo‘lib, ular terini mukammal silliqlaydi, uni yanada yumshoq va bir tekis qiladi, nurli ko‘rinishga erishishga yordam beradi.