Hatto minimal darajada pardoz qiladigan qizlar arsenalida ham tonal krem bo‘ladi. Biroq jazirama kunlarda ushbu mahsulot bir qancha noqulayliklar keltirib chiqaradi: teri nafas ololmaydi, yuzdagi krem oqadi va teri yaltiraydi. Nima qilsa bo‘ladi? Yechimi oddiy — tonal kremdan voz keching!
Yuz teris ini uy sharoitida tozalash

Toza teri tonal kremni talab qilmaydi. Husnbuzarlar bo‘lmasa ham, yuz terisida qon aylanishi yaxshilanishi uchun doimo yuzingizni tozalab turishingiz kerak. Buning uchun yumshoq skrab va elektr cho‘tkadan haftasiga 2-3 marta foydalaning. Bu terini silliq qilish imkonini beradi, bunday teri bilan esa tonal kremlardan bemalol voz kechishingiz mumkin.
Mineral pudra

Tonal krem o‘rniga pudradan foydalansangiz bo‘ladi. Ammo bunda bir nechta istisno holatlar mavjud. Birinchidan, pudra ko‘pincha makiyajni eski va og‘ir ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Ikkinchidan, har qanday pudra terisi quruq bo‘lgan qizlarga mos kelavermaydi. Ammo buning iloji bor — namlovchi mineral pudra. U yuzda yetarlicha tabiiy ko‘rinadi, qurib ketmaydi va ajinlar ichiga kirib qolmaydi.
Har doim yoningizda salfetka olib yuring

Agar kun davomida yuzingiz yaltiray boshlasa, yana pudra ishlatishingiz shart emas. Faqat har doim yoningizda nam salfetka bo‘lsin. Issiq kunda vaqti-vaqti bilan yuzingizning T zonasini artib turing.
Haftada bir marta yuzingizga niqob qiling

Tonal krem talab qilmaydigan yana bir usul — tozalovchi niqoblardir. Ayniqsa, loyli yoki faol uglerodli niqob yaxshi samara beradi. Bu teridagi teshiklarni qisqartirishga va teringizni yanada silliq ko‘rinishga keltirishga imkon beradi.
Yuzdagi muammolarni yashiring

Agar terida toshmalar bo‘lsa va ko‘z ostidagi ko‘karishlar sezilib tursa, butun yuzga tonal krem surtish mutlaqo kerak emas. Konsilerni faqat ko‘z ostidagi doiralar va muammolar bor qismiga surting. Bunda yumshoq cho‘tkadan foydalaning, so‘ngra barmoq uchlarida muloyimlik bilan surtib, chegaralarni bilinmas holga keltiring.
Tonikdan foydalaning

Ba’zi qizlar tonikni mutlaqo foydasiz deb hisoblashadi, ammo bu noto‘g‘ri fikr. Har kuni ertalab yuzingizni tonik bilan artsangiz, terining tabiiy muvozanatini tiklashga yordam berasiz.
C vitamini iching

C vitamini pigmentatsiyadan xalos bo‘lishga imkon beradi — askorbin kislotadan muntazam foydalanish natijasida teri rangi yanada tekis bo‘ladi!
Gelli kremlardan foydalaning

Suvga asoslangan gelli krem — pardoz uchun hamma narsa. Makiyajni boshlashdan oldin (tonal kremsiz, albatta) teringizni namlang. Gap shundaki, teri yetarli miqdordagi namlikka ega bo‘lsa, yog‘ bezlari kamroq ishlaydi.
Bronzer ishlating

Tonal kremni nafaqat yuzdagi kamchiliklarni yashirish uchun, balki yanada chiroyli va sog‘lom yuz uchun ham ishlatamiz. Bunday natijaga esa tonal kremsiz ham erishsa bo‘ladi — albatta, bronzer yordamida.
Faqat praymerdan foydalaning

- Foto: Noto‘g‘ri tonal kremni tanlab muvaffaqiyatsiz obrazga ega bo‘lgan yulduzlar
- Qimmat vositalardan kam bo‘lmagan samara beradigan tonal kremlar (foto)
- Tonal kremmi yoki pudra: sizga qaysi vosita mos tushadi?
- Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotiladigan 10 ta tonal krem
- Tonal krem tanlashda yo‘l qo‘yiladigan 7 xato
- Teri makiyajdan dam olishi kerakmi? Mutaxassis javob beradi








