“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
15:51, 23.05.2021 29442

Uch metrlik qandil va ferma uslubi: Eshton Kutcher va Mila Kunisning uyi qanday ko‘rinishga ega? (foto)

Mila Kunis va Eshton Kutcher Architectural Digest jurnali xodimlariga qanday uyda yashashini ko‘rsatdi. Juftlik maydoni 24 ming kvadrat metrni tashkil qiladigan zamonaviylik hamda an’anaviylik umumlashtirilgan, ferma uslubida qurilgan uyda istiqomat qiladi. Yulduzlarning doimiy mehmoni bo‘lganlar ularning Beverli-Hillzda joylashgan uyidagi naqd uch metrlik qandil endilikda yangi saroyga o‘xshash uydan o‘rin olganiga e’tibor berishi mumkin.

Foto: People Talk

Kuku Farms’da yam-yashil o‘simliklar bilan o‘ralgan, daraxtdan ishlangan veranda mavjud. Ichkarida pollari emaldan, devorlari betondan ishlangan ochiq mehmonxona va oshxona borligiga guvoh bo‘lish mumkin. Bir tomonda ish stoli, royal va eski gilam ustida 10 kishi uchun mo‘ljallangan stol, ikkinchi tomonda esa yashil Montauk divanlari va kamin borligini ko‘rish mumkin.

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Qandil o‘rnatilgan mehmon kutish uchun mo‘ljallangan uy ikkita yotoqxona va poldan shiftgacha kattalikdagi 6 metrlik oynani o‘z ichiga oladi. Mazkur uy yonida toshdan ishlangan va tomi yopiq basseyn va barbekyu uchun pavilyon borligini ko‘rish mumkin.

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Foto: People Talk

Ma’lumot uchun, Beverli-Hillzdagi 14 million dollarlik turar joydan tashqari yulduzlarning Karpinteriyada ham 10 million dollarga baholanadigan uyi bor.