• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Terma jamoa muvaffaqiyati shaxsiy muammolardan ustun”. Karim Benzema 6 yillik taqiqdan so‘ng Fransiya terma jamoasiga qaytgani haqida

    Didye Desham Fransiya terma jamoasining Yevro—2020 musobaqasi uchun qaydnomani e’lon qildi. Undan “Real” hujumchisi Karim Benzema ham o‘rin oldi.

    Foto: Twitter/@equipedefrance

    Foto: Twitter/@equipedefrance

    Benzema terma jamoa safida so‘nggi bor 2015-yilning oktabrida harakat qilgan — 2051 kun avval. O‘shanda fransuzlar Armanistonni 4:0 hisobida dog‘da qoldirgan, Benzema dubl qayd etib, Antuan Grizmanning goliga hammuallif bo‘lgandi.

    Bu vaqtni tasavvur qilish uchun: Yevro—2020 qaydnomasidan o‘sha o‘yinda ishtirok etgan faqat 8 futbolchi o‘rin oldi — Grizmann, Ugo Lyoris, Rafael Varan, Olivye Jiru, Mussa Sissoko, Kurt Zuma, Lyuka Din va Benzema. U tarkibda Patris Evra, Mamadu Sako, Lassana Diarra kabi o‘yinchilar bor edi.

    Terma jamoadan ketish sababi

    Karim 2015-yilda jamoadoshi Matyo Valbuena bilan bo‘lgan mojarolar sabab terma jamoadan chetlatilgandi. O‘shanda noma’lum shaxslar Valbuenaning ishqiy munosabatlari tasvirlangan videoni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilgan, Benzema esa jinoyatchilar va Valbuena o‘rtasida vositachi bo‘lgani gumon qilingan.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    O‘shanda Benzemadan hatto Fransiya siyosatchilari ham yuz o‘girgandi. Fransiya bosh vaziri Manuel Vals terma jamoada Benzemaga o‘rin yo‘qligini aytgandi. Natijada Karim Yevro—2016 ga chaqirilmadi va bunda Didye Deshamni aybladi.

    Shundan keyin Fransiya futbol federatsiya rahbari Benzema uchun terma jamoa eshiklari yopilganini aytdi. Bunga javoban Karim ota-onasining vatani bo‘lgan Jazoir fuqaroligini olmoqchi bo‘ldi, biroq bu jarayon juda murakkab edi.

    Aytgancha, Benzema va Valbuenaning “shantaj ishi” hali yakuniga yetmadi. Joriy yilning oktabr oyida Karim ayblanuvchilardan biri sifatida sudda qishtirok etadi. Biroq bu uning Yevro—2020 musobaqasiga chaqirilishiga xalal bermadi.

    Desham yanvar oyida Benzemaga iltimos bilan chiqmasligini aytgandi. Biroq ular uchrashdi — va Karim terma jamoada

    Qizig‘i, Desham qishda ham Benzemani terma jamoada ko‘rish niyati yo‘qligini aytgandi va bu futbol tufayli emas, hujumchi uni irqchilikda ayblagani uchun.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Bu hali mening xotiramda qolgan. Garchi bu biroz vaqt o‘tib unutilsa ham, baribir men hech qachon yoddan chiqara olmayman. Bu murabbiyning taktika, texnik jihatlar bilan bog‘liq tanloviga aloqador bo‘lsa tushunarli. Biroq bu yerda chegaradan o‘tib ketilgandi. Bu mening nomimga, oilamga isnod keltirdi. Bu men uchun hurmatsizlik”, — degan edi Desham.

    Yarim yildan kamroq vaqt o‘tdi, Benzema esa terma jamoada. Desham bu qaror o‘ziniki ekanini ma’lum qildi:

    “Uni terma jamoaga chaqirish qarorini hozirgina qabul qildim. Biroq bu fikr miyamda qanchadir vaqt mobaynida aylanib yurgandi. Men u bilan uchrashdim, uzun suhbat qurdik, keyin yaxshilab o‘ylab ko‘rdim va shu qarorga keldim. Bu suhbat tafsilotlarini ochiqlamoqchi emasman. Uni tashkil qilish istagi kimdan chiqqani ham muhim emas.

    Menda javobgarlik bor — jamoaning muvaffaqiyati shaxsiy muammolarimdan ustun. Karimning kelishi terma jamoa muhitiga ta’sir qiladimi? Javobim qarorimda mujassam. Hatto 23 futbolchidan iborat tarkib bo‘lganda ham, Karim undan joy olgan bo‘lardi”.

    Fransiya terma jamoasida hujumchilar bilan bog‘liq muammo bor. Benzema uni hal qilishi kerak

    G‘alati eshitilmasin, amaldagi Jahon chempionida hujumchilar bilan bog‘liq muammo bor. Mart oyidagi yig‘inlarga Desham olti nafar hujum vakilini jalb qildi: Olivye Jiru, Kilian Mbappe, Antuan Grizmann, Antoni Marsyal va Vissam ben-Yedder.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ukraina, Qozog‘iston va Bosniyaga qarshi kechgan bahslarda ular ikkita gol (ikkisi ham Grizmann) urishga erishdi. Shu bilan birga terma jamoada Grizmann doim ham markaziy hujumda o‘ynamaydi, Mbappe ko‘pincha qanotda harakat qiladi, Marsyal esa jarohat olgan va musobaqa startiga qadar formaga qaytishi ehtimoli kam.

    Jiru 2020-yilda yaxshi statistika qayd etayotgandi, biroq Tomas Tuxel “Chelsi”ga kelishi bilan futbolchi zaxira o‘rindig‘iga “mixlandi”. U 21-martdan buyon asosiy tarkibda maydonga tushmadi.

    Shundan ekan Benzemaning taklif qilishini mantiqli qaror: 33 yoshli forvard joriy mavsumdagi 45 ta o‘yinda 29 ta gol urdi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Fransiyani Yevro—2020 guruh bosqichidayoq Germaniya va Portugaliyaga qarshi qiyin o‘yinlar kutmoqda.

    Ko‘plab futbolchilar Benzemaning qaytganidan mamnun, Kilian allaqachon Karimni tabrikladi.

    Bu qarorga faqat Olivye Jiru qarshi bo‘lishi mumkin. Benzema avvalroq uni o‘zi bilan solishtirgandi: “Qisqa qilaman: keling, Formula-1 bilan kartingni adashtirmaymiz. U haqda boshqa gapirishni xohlamayman. Formula-1 men ekanimni bilaman”. Biroq jurnalist Saber Desfarjga ko‘ra, Olivye Karimning terma jamoaga qaytarilishini yoqlab chiqqanlar qatorida bo‘lgan.

    Deshamning fikricha ikki hujumchi birgalikda harakat qila oladi: “Ular bir-biriga xalal bermaydi, ular birgalikda to‘p surgan. Tarkibda ikkisiga ham joy bor. Shunisi aniqki, Jiruning klubdagi holati fevraldan beri og‘ir ahvolda”.

    Karimning o‘zi bu qarordan xursand: “Terma jamoaga qaytishdan shodman. Menga ishonch bildirganlaridan minnatdorman. Meni har kuni qo‘llab-quvvatlagan va kuch bergan oilam, do‘stlarim, klubim, barchaga rahmat aytaman”.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    21.05.2021, 14:18   Izoh (0)   16407
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kolumbiya Amerika Kubogi—2021 mezbonligidan mahrum etildi. Musobaqa Argentinada bo‘lib o‘tadi

    21.05.2021, 12:03

    Portugaliya terma jamoasi Yevro—2020 uchun qaydnomani e’lon qildi

    21.05.2021, 11:01

    “Nasaf” Turkmaniston klubini mag‘lub etib, OFK Kubogi guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunladi

    20.05.2021, 19:06

    “River Pleyt” Libertadores Kubogi o‘yinida koronavirus sabab darvozabon va zaxira o‘yinchilarisiz harakat qilib, g‘alaba qozondi

    20.05.2021, 16:38

    APLdagi debyut golini o‘z darvozasiga urgan Serxio Regilon tarixiy natija qayd etdi

    20.05.2021, 14:00

    Gvardiola — dunyoning eng yaxshi murabbiyi, Konte — 2, Zidan top-20 likda ham yo‘q

    20.05.2021, 12:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xagi-vagi ortidan. “Lalabubu o‘yinchoqlari bolalar psixikasiga zarar yetkazadi” — psixolog

    Farzand | 28 iyun, 12:25

    Andijonda jihodchilarning yashirin jamoati faoliyatiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 12:04

    27 ta to‘y libosi, 90 ta shaxsiy samolyot va mehmonlar orasida jahon yulduzlari: milliarder Jeff Bezosning Venetsiyadagi to‘yi haqida eng muhim tafsilotlar

    Layfstayl | 28 iyun, 11:40

    Muzli vanna, meditatsiya va Ayurveda: mashhurlar tongni qanday boshlaydi?

    Shou-biznes | 28 iyun, 11:35

    Toshkent viloyatida hokimiyat yerini 200 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 11:20

    Oxiri yo‘q rilslar, yo‘qotilayotgan vaqt: telefon qaramligidan qutulish uchun 8 qadam

    Layfstayl | 28 iyun, 11:02

    Qibrayda fuqaro ehtiyotsizligi oqibatida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 10:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.