Toshkent shahar Sodiq Azimov ko‘chasi bo‘ylab ketayotgan Malibu avtomashinasiga kuchli shamol tufayli daraxt qulab tushdi.

Foto: Telegram / TashkentLand

Qayd etilishicha, voqea guvohlari haydovchi qizni mashinadan chiqarib olgan. Mashinaga jiddiy zarar yetgan.

Haydovchi jarohat olgani aytilmoqda.

Avvalroq Toshkentda ustiga daraxt qulashi oqibatida 49 yoshli obodonlashtirish xodimi vafot etgani hamda Toshkentda yomg‘irdan so‘ng Spark ustiga chinor daraxti qulagani haqida xabar berilgandi.