Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda “OKMK” va “Bunyodkor” jamoalari 14-may, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: “Championat.asia” / “Daryo”

Olmaliqda kechgan bahs gollarga boy bo‘ldi. Dastlab 38-daqiqada Xurshid G‘iyosov 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. 58-daqiqa “Bunyodkor” darvozasi tomon ham penalti belgilandi. Penaltidan Sanjar Tursunov unumli foydalandi. Shundan so‘ng “OKMK” yana ikki bor “qaldirg‘ochlar” darvozasiga yo‘l topdi: Tursunov dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Sardor Rahmonov ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “OKMK” turning markaziy o‘yinida “Bunyodkor” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

8-turdan keyingi musobaqa jadvali bilan tanishing:

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Superliga

8-tur bahsi

14-may, juma

“OKMK” — “Bunyodkor” 3:1

Gollar: 0:1 — 38 G‘iyosov, 1:1 — 58 Tursunov, 2:1 — 74 Tursunov, 3:1 — 77 Rahmonov.

“OKMK”: 1.Botirali Ergashev, 77.Dilshod Ahmadaliyev, 7.Sardor Rahmonov, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 2.Akrom Komilov, 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (15.Abbos Otaxonov, 88), 4.Mirjamol Qosimov (5.Dilshod Jo‘rayev, 46), 94.Elvin Fortes (10.Husniddin G‘ofurov, 46), 18.Aleksandr Kasyan (9.Zafar Polvonov, 79), 28.Shohrux Gadoyev (11.Murod Toshmatov, 85).

“Bunyodkor”: 1.Ravshan Yagudin, 4.Davron Ergashev, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 9.Farrux Ikromov (13. Lutfulla To‘rayev, 60), 10.Xurshid G‘iyosov (8. Sanjar Rashidov, 88), 11.Rasul Yo‘ldoshev, 14.Mirjahon Mirahmadov (22. Shahboz Erkinov, 88), 19.Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev, 34.Suhrob Izzatov (49. Ibrohim Tomiva, 73), 35.Ibrohim Ibragimov (7. Sunnatilla Abdullajonov, 88).

Ogohlantirishlar: Ibrohim Ibragimov (12), Mirjahon Mirahmadov (23), Akrom Komilov (72), Dilshod Jo‘rayev (90+4).

Chetlatish: Yovan Jokich (34).