Toshkentda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab otilgan bayram salyutidan biri yerga tushgani tasvirlangan video tarqaldi. Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ushbu hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Departamentning xabar qilishicha, 9-may kechki payt Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab bayram salyuti otilgan paytda Olmazor tumanining Ziyo va Shifonur ko‘chalari chorrahasida yerga feyerverkning yonmay qolgan qismi tushgan.

Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, yonayotgan element yerga tushgan paytda o‘chirilgan.

Jabrlanganlar va yong‘in holatlari sodir bo‘lmagan.