Saudiya Arabistoni 6-may kuni O‘zbekistondagi “Vaqf” fondiga 20 ming nusxada Qur’oni karim hadya qildi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu kuni Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Toshkentdagi “Hazrati Imom” majmuasidagi “Mo‘yi muborak” muzeyida tashkil etildi. Dastlab mehmonlar muzeyda joylashgan “Hazrati Usmon mus’hafi”ni ziyorat qildi.
Shundan so‘ng tomonlar o‘zaro hamkorlik va birdamlikda qilinayotgan xayriya tadbirlari haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida elchixona vakillari Saudiya Arabistonida chop etilgan Qur’oni karimning 20 ming nusxasini “Vaqf” xayriya jamoat fondiga beg‘araz taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirlarida Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qilgandi. Ushbu xurmolar respublika bo‘ylab muhtojlarga beg‘araz xayriya qilingan.
Izoh (0)