Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiyaning Tomsk shahrida Migratsiya xizmati xodimi tomonidan O‘zbekiston fuqarosi kaltaklandi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

2-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada Federal xizmat xodimi o‘zbekistonlik erkakdan haydovchilik guvohnomasini taqdim etishni so‘ragani, erkakning esa uni ko‘rsatishni xohlamasligi, chunki pasportning o‘zi yetarli ekanini aytgani aks etgan.

Natijada xodim O‘zbekiston fuqarosini xonaga olib borib, xizmatning boshqa mijozlari oldida kaltaklagan. Nashrning jabrlanuvchiga tayanib yozishicha, u mazkur holat yuzasidan darhol politsiyaga ariza bilan murojaat qilgan.

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu holatga munosabat bildirib, mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi hamda agentlikning vakolatxonasi tomonidan Rossiyaning vakolatli idoralariga tegishli so‘rovnomalar yuborilganini ma’lum qildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Tergov qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlagan. “Amalga oshirilgan ishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Dunyo
Xersonning ozod qilingan qismidan ilk kadrlar. Rossiya chegaralaridagi tirbandliklar. Urushning 217-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Katta miqdordagi noqonuniy sigaretalar bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi” — Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassisi bilan suhbat