Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Judith Leiber Couture brendi “Yulduzlar jangi” filmidagi R2-D2 droid (to‘qima robot qahramon) ko‘rinishidagi mini-sumkalar modelini ishlab chiqardi.

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Kolleksiya muxlislar nishonlaydigan 4-may “Yulduzlar jangi” kuni uchun maxsus ishlab chiqilgan. Sumkalar ikki xil variantda: R2-D2 singari oq-ko‘k va tilla rangda taqdim qilingan. Har biri toshlar bilan qoplangan droidning bittasi uchun 9000 dona kristall ketgan, tillarang model esa 24 qirot oltin bilan qoplangan.

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Brendning kreativ direktori Yana Metison, R2-D2 qahramonini hamisha yaxshi ko‘rgani, kolleksiyadagi sumkalar R2-D2 singari muayyan vaqtga xos emasligi, serhasham va o‘ziga maftun qilishini ta’kidlagan.

4-mayda sotuvga chiqishi kutilayotgan 5495 dollarlik sumkalarni Judith Leiber’ning saytidan xarid qilish mumkin deyiladi, xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda sodir etilgan mudhish qotillik yuzasidan mahalla mas’ullari va hudud noziriga nisbatan xizmat tekshiri tayinlangan” — Bosh prokuratura
Mahalliy
O‘zbekiston internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitimni tasdiqladi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi