Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 34-turida “Jenoa” 2-may, yakshanba kuni “Latsio” maydoniga safar qildi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Rimda kechgan bahsning birinchi bo‘limida mezbonlar ikki bor “Jenoa” darvozasini ishg‘ol qildi. Xoakin Korrea 30-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqaga kelib, Chiro Immobile 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida genuyaliklar Adam Marushichning avtogoli evaziga hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo keyingi 10 daqiqa ichida “Latsio” yana 2 ta gol urdi. Gollar dastlabki gol muallifi Xoakin Korrea va Luis Albertoning hizobiga yozildi. O‘yin tugashi arafasida “Jenoa” qator hujumlar uyushtirdi, shulardan birida Janluka Skamakka penaltini aniq amalga oshirdi. 81-daqiqada esa o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o‘zining kuchli zarbasi bilan Rim klubi darvozabonini dog‘da qoldirgan holda hisobni qisqartirdi.

Shu tariqa umumiy hisobda 7 ta gol urilgan dramatik bellashuvda rimliklarning qo‘li baland keldi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Latsio”ning ochkolari soni 64 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. Hisobida 36 ochko bo‘lgan “Jenoa” 13-pog‘onani band etgan.

A Seriya

34-tur bahsi

2-may, yakshanba

“Latsio” — “Jenoa” 4:3

Gollar: 1:0 – 30 Korrea, 2:0 – 43, penalti Immobile, 2:1 – 47, avtogol Marushich, 3:1 – 48 Luis Alberto, 4:1 – 56 Korrea, 4:2 – 80, penalti Skamakka, 4:3 – 81 Shomurodov.

“Latsio”: Reyna, Lassari, Hudt, Radu, Marushich, Leyva (Kataldi, 57), Luis Alberto (Parolo, 82), Milinkovich-Savich (Akpa-Akpro, 82), Lulich (Fares, 67), Korrea (Pereyra, 83), Immobile.

“Jenoa”: Perin, Goldaniga, Masyello, Biraski, Zappakosta (Kassata, 69), Zays (Pyatsa, 46), Radovanovich (Gilyone, 46), Strotman (Rovella, 52), Badel, Shomurodov, Destro (Skamakka, 46).

Ogohlantirishlar: Biraski (32), Radovanovich (42), Leyva (45), Masyello (70), Kataldi (79), Fares (81), Kassata (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi