Xitoy oliy qonun chiqaruvchi organi oziq-ovqat mahsulotlarining isrofgarchiligiga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan qonunni qabul qildi, deb xabar beradi Esquire.

Foto: Unsplash

Yangi qonun “oziq-ovqat chiqindilari”ni aniqlash va shu orqali ularni ishlab chiqarishni qisqartirish bo‘yicha choralarni qo‘llash imkonini beradi. Hujjat kafe, restoran va boshqa umumiy ovqatlanish maskanlariga o‘z porsiyasini oxirigacha yemagan mijozlardan ovqat qoldig‘ini utilizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shimcha mablag‘ uchun pul undirish imkonini beradi.

Agarda umumiy ovqatlanish maskanlari mijozlarni haddan ortiq yegulik buyurtma qilishga undasa, o‘zlari 10 ming yuangacha jarimaga tortilishi mumkin. Ovqat yetkazib berish servislari, o‘z navbatida, mijozlar uchun porsiya miqdori va buyurtma uchun mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqishi kerak bo‘ladi.

Xitoy hukumati davlat idoralariga mahsulotlar isrofgarchiligiga qarshi kurashda yetakchi rol berilgan. Ular banketlardagi stollar uchun taom miqdorini tejab tanlashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning avgustida Xitoyda “Toza likopcha” onlayn-aksiyasi ishga tushgan bo‘lib, uning doirasida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari taom oxirigacha yeyilganini ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘rsatib kelgan.