Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 30-oktabrda “Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan, unda aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi yaratilishi belgilangan edi. Telegram’dagi “Nigoh” kanalining yozishicha, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi 10-maydan test rejimida, 1-iyundan boshlab to‘liq faoliyati tashkil etiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Platforma orqali:

  • bir sutkada 10 ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi fuqaroning platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so‘mdan;
  • har oyda eng ko‘p yurgan shaxsga tuman (shahar) kesimida 300 ming so‘mdan, hudud kesimida 500 ming so‘mdan, respublika bo‘yicha 1 million so‘m qo‘shimcha ravishda pul o‘tkaziladi.
Ta’kidlanishicha, platforma orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar alkogol (pivo, aroq) va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga tatbiq etilgan yig‘imdan olinadi. Xususan, 1 dal (10 litr) pivo va aroq, 1 ming dona sigaret realizatsiyasi uchun yig‘im 500 so‘mdan bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistonda 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul to‘lanishi haqida Prezident farmoni imzolangani, biroq hukumat qarorida bu tartib aks etmagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda