• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bo‘stonliqda oddiy bir varrak qimmatbaho ikki kiyikning qotiliga aylanishiga bir baxya qoldi. Bunga TETKning nima daxli bor?

    “Kiyiklar ayrim odamlardan ko‘ra tartibliroq”. Bo‘stonliqdagi Qoronqo‘l qishlog‘idagi kiyikxonada bo‘lib, shunday xulosaga keldik. Atrofi sim to‘siq bilan o‘ralgan qirning quyi qismida turib, jonivorlarning tushishini kutarkanmiz, ular sayohatchilar uchun belgilangan vaqt — 16:00 ga bir necha daqiqa qolganda pastladi.

    Mavzuga doir: Sayyohlar qo‘lidan sabzi yeyayotgan ohu: O‘zbekistonda yagona hisoblangan agroekoturzonaga fotosayohat

    Oxurlar yonida ularni o‘nlab jonivorsevarlar kutardi — aksariyat oilaviy tarzda, bolalari bilan kelgan. Do‘st-yoronlar bilan kelganlar ham bor. Oldindan tayyorlab qo‘yilgan sabzavot bo‘laklarini kiyiklarga tutarkan, bolalarning quvonchi cheksiz. Ularga qarab ota-onalar ham xursand. “Hayvonot bog‘ida bunday zavqni tuyolmaymiz-da”, derdi ular bir-biroviga.

    Foto: “Daryo”

    Lekin biz, “Daryo” muxbirlari bu yerga sayyohlarning kayfiyatini yoritish uchun kelmaganmiz. Og‘ir ahvoldagi ikki kamyob jonivorning surati bizni 80 kilometrlik safarga chorladi. Kiyiklarning kasallanishiga ularga nisbatan eskirgan vaksinalar qo‘llangani, vaksinalarning eskirishiga esa elektr ta’minoti sutkalab bo‘lmagani sabab qilib ko‘rsatilgan suratning tagso‘zida.

    “Shukurki, bugun ikkila kiyik ham to‘daga qo‘shilib, yuqoriga chiqdi, — deydi Corrida Food oilaviy korxonasi rahbari Baxtiyor Hojimatov. — Toshkentdan zudlik bilan yetib kelgan mutaxassislar yordamida zo‘rg‘a tuzatib oldik. Uch kecha-kunduz yigitlarim kasal jonivorlar ustida turishdi. O‘lib qolishiga bir baxya qoldi”.

    Corrida Food korxonasi 2019-yil yanvarida Avstriya va Sloveniyadan 45 bosh Yevropa kiyigi va 50 bosh asl bug‘u olib kelgan. Bungacha O‘zbekistonning turli hududlaridagi iqlim, o‘t-o‘lan, suvning kiyiklarga mosligi obdon o‘rganilgan, oxiri Bo‘stonliqning dengiz sathidan 1,2 ming metr baland hududi talabga mos deb topilgan. Bu yerda dastlab gidrogeologiya yordamida suv chiqarishga harakat qilingan, biroq bundan ish chiqmagach, 8 kilometr masofaga quvur tortilib, buloq suvi keltirilgan. 5 kilometr sim tortilib, elektrga ulanilgan. Kiyiklarning qariyb bir yillik moslashuv davridan keyin qo‘riqxonaga sayyohlar kiritila boshlangan. Bugun kunda kiyiklar soni 112 taga yetgan. Sayyohlar har kuni ikki mahal bir soatdan — 11:00 dan 12:00 gacha va 16:00 dan 17:00 gacha, shunda ham cheklangan miqdorda kiritiladi — shuning uchun ham kiyikxonaga kirishdan avval Telegram’dagi maxsus aloqa kanali orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

    Soatlab, sutkalab bo‘lmaydigan elektr

    Bo‘stonliqdagi kiyikchilikka ixtisoslashgan bu loyiha, aytishlaricha, nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham yagona. “Bu kiyiklar ne hasratda olib kelingan. Respublika rahbariyati, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, veterinariya mutasaddilari, viloyat hokimligi, tuman hokimligi, xorijiy hamkorlar... Qanchadan-qancha odamlarning yordami bilan ish boshlaganmiz. Birgina elektr ta’minoti korxonasining mas’uliyatsizligi bilan shuncha g‘amxo‘rlik, shuncha odamning mehnati bir pul bo‘lyapti”, — deydi Baxtiyor Hojimatov.

    Rahbarning “Daryo”ga aytishicha, energiya ta’minot uchun to‘lov vaqtida amalga oshirilishiga qaramay, qo‘riqxonada elektr energiyasi muntazam va uzoq vaqtga o‘chiriladi. Qo‘riqxonaga elektr nega kerak, deysizmi? Kiyiklar tabiiy sharoitda yashamayotgani uchun ularni turli kasalliklarga qarshi tegishli vaksinalar bilan emlab turish kerak. Bunday kamyob vaksinalarni olib kelish hozirgi pandemiya davrida, aviaqatnovlar deyarli yo‘q darajada bo‘lgan hozirgi davrda ayniqsa og‘irlashgan. Shuncha mashaqqat bilan olib kelingan vaksinaning sifati buzilmasligi uchun u muzlatgichda saqlanishi kerak, muzlatgich esa, o‘zingizdan qolar gap yo‘q, elektrsiz ishlamaydi.

    Foto: “Daryo”/ Musulmonbek Ibrohimov

    Muzlatgich ishlamagani uchun sifati buzilgani taxmin qilingan bo‘lsa-da, narxi 7—8 ming yevro atrofida bo‘lgan ikkita asl bug‘u baribir shu vaksinalar bilan emlangan. Avval ham bir necha marta aynan shu vosita yuborilgan jonivorlarning ahvoli bu safar o‘ta og‘irlashgan — shundan so‘ng ming-minglab valyutaga xorijdan olib kelingan kamyob vaksina yaroqsizligi aniq bo‘lgan, ularning bari tashlab yuborilgan.

    “Tushunamiz, chiroq bir soat o‘chishi mumkin, ikki soat o‘char, lekin elektr sutkalab berilmayapti. Haftasiga bir emas, bir necha marta sutkalab elektr berilmasligiga generator ham chidamaydi. Aslida hamma gap qo‘riqxonamizni uchinchi toifali elektr energiyasi iste’molchisi ekanligida. Ya’ni, bizga istalgan vaqtda elektr berilmasligi normal holat ekani qonuniy jihatdan belgilab qo‘yilgan”, — deydi qo‘riqxona ish boshqaruvchi Bahodir Xudoyberdiyev.

    Corrida Food mas’ullarining bildirishicha, 6-aprel kuni soat 12:00 dan 21:00 gacha elektr ta’minoti umuman bo‘lmagan. 9-aprel kuni ham ertalabdan kechgacha elektr berilmagan. 11-aprel, yakshanba kuni soat taxminan 11:00 dan dushanbaning peshinigacha “svet” bo‘lmagan. Bo‘stonliq tuman elektr tarmoqlari korxonasi (TETK) muhandisi Ravshan Yunusov ham dam olish kuni elektr energiyasi bir sutkadan ortiq berilmaganini tasdiqladi.

    “‘Svet’ avariyada o‘chgan, ‘Hududgazpoytaxt’ korxonasi balansidagi liniyadagi holat tufayli elektr berilmagan (qo‘riqxonaga elektr simlari unga qo‘shni oromgohdan tortilgan, oromgoh ‘Hududgazpoytaxt’ korxonasiniki — “Daryo”). Bu korxona biz bilan texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzmagan, faqat trasformatorga oid shartnoma tuzgan, ular o‘z balansidagi liniyani o‘zi ko‘rib chiqishi kerak. Masalan, liniya o‘chdimi, bizga chiqadi, ‘tarmoqdan uzib beringlar’ deydi, biz uzib beramiz. Kamchilikni topib, bartaraf qilib, keyin ‘yoqib beringlar’ deydi”, — deb tushuntiradi Yunusov.

    “Unda nega telefon qilganingda dispetcherlar ‘elektr bir soatdan keyin bo‘ladi’, ‘hali zamon bo‘ladi’ deb ishontiradi? ‘Svet’ qachon bo‘lishi aniqmas desa edi, vaksinalarni konteyner topib bo‘lsa ham shaharga olib ketardik”, — deya unga e’tiroz bildiradi Baxtiyor Hojimatov.

    Foto: “Daryo”/ Musulmonbek Ibrohimov

    Eng qizig‘i, 11—12-apreldagi elektr uzilishi “Hududgazpoytaxt” oromgohidagi ehtimoliy avariya sabab emas, balki oromgohning elektr liniyasiga qonunga zid ravishda ulangan boshqa iste’molchilarning hududidagi simga varrak o‘ralib qolishi oqibatida yuz bergan. Ma’lum bo‘lishicha, boshqa iste’molchilar oromgohning elektr liniyasiga tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan ulab qo‘yilgan.

    “Qorankul qishlog‘idagi bir necha dala-hovli va fermer xo‘jaligi o‘zboshimchalik bilan bizning elektr liniyamizga ulangan, aniqrog‘i, ularni ulab qo‘yishgan. 2020-yil kuzda bu haqda tuman elektr tarmoqlari korxonasiga yozma murojaat qilganmiz. Mana, kuz o‘tdi, qish o‘tdi, hanuz ular liniyamizdan uzilmagan. Ularning hududida biror holat bo‘lsa, biz baloga qolamiz”, — deydi oromgoh komendanti Hikmat Yusufaliyev.

    Bo‘stonliq tuman elektr tarmoqlari korxonasi vakili Ravshan Yunusov 9-aprel kuni salkam 15 soat elektr berilmaganini shunday izohladi: “U kuni joriy ta’mirlash ishlari bor edi”. Ta’mirlash bo‘lsa, iste’molchilarni ogohlantirib qo‘ysa bo‘lmaydimi? “Mahalla faollar yig‘ini ogohlantiriladi”, — dedi Yunusov. “Biz yuridik shaxsmiz, bizni hech kim ogohlantirgani yo‘q”, — deya gapga qo‘shildi Baxtiyor Hojimatov. 6-aprel, seshanba kuni salkam bir sutka “svet” berilmagani yuzasidan esa Ravshan Yunusov shunday dedi: “Seshanba kuni nima bo‘lgani esimda yo‘q”.

    Ispanlar hayratda

    O‘zbekistonda erkin sanoat zonasi, erkin tibbiyot zonasi, erkin turizm zonasi kabi hududlar tashkil etish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish mumkinligi haqida 1990-yillardan buyon gapiriladi. Ammo bu boradagi dastlabki amaliy qadamlar so‘nggi bir necha yilda qo‘yildi. Corrida Food oilaviy korxonasi ham aynan shunday yangi imkoniyatlar mevasi. Korxona hozirda ichki sayyohlikdan kelayotgan daromadni shu yerda ishlayotgan 20 ga yaqin xodimga maosh sifatida sarflayapti. Kiyiklar yeydigan arpa va suli ham korxonaning qo‘shimcha maydonlarida yetishtirilmoqda.

    “Eng asosiy ish qilindi — kiyiklar tabiatimizga moslashtirildi, hozircha biror talofotsiz ko‘paymoqda. Tuyaqush ham olib kelindi. Endi tovus kabi noyob jonivorlar bo‘yicha loyihalar tayyorlanayapti. Ularga ham vaksina kerak. Lekin kelib-kelib birgina elektr ta’minoti masalasi ishimizni chippakka chiqarishi mumkin”, — korxona ish boshqaruvchisi Bahodir Xudoyberdiyev.

    Qizaloq qo‘lidan barra o‘tni olmoqchi bo‘layotgan tuyaqush

    Qizaloq qo‘lidan barra o‘tni olmoqchi bo‘layotgan tuyaqush
    Foto: “Daryo”/ Musulmonbek Ibrohimov

    Corrida Food’ning asosiy faoliyati kiyik shoxlarini farmatsevtika korxonalariga yetkazib berishga yo‘naltirilgan. Ta’kidlanishicha, birgina Yangi Zelandiyaning o‘zi Yaponiya, Koreya, Xitoy farmatsevtikasi uchun har yili 5 ming tonna kiyik shoxi eksport qiladi.

    “Bug‘ularimiz shoxini tabiiy ravishda tashlayapti. Lekin bunda shoxlardagi dorivor vositalar foizi ancha kamayadi. Hozir shoxlarni qotmasidan kesish, unga ishlov berish moslamalari xorijdan keltirish arafasida turibmiz, pandemiya sabab kechikdi. Jarayonda shoxlarni qaynatish va zudlik bilan sovutgichga qo‘yish, yana qaynatish va muzlatib qo‘yish, aniq bir haroratda qat’iy saqlash kabi talablar borki, agar elektr ta’minotida muammo bo‘laversa, yil bo‘yi qilingan mehnat yo‘qqa chiqadi”, — deydi u.

    Elektr ta’minotidagi bu muammolar, tabiiyki, dorivor shoxlarni sotib olish uchun shartnoma tuzgan xorijiy hamkorlarning ham ishonchini so‘ndiradi, xafsalasini pir qiladi. Aytishlaricha, korxona rahbarlari chet el mutaxassislari bilan, jumladan, Madriddagi Xalqaro kiyikchilik uyushmasi bilan muntazam aloqada. Ikki kiyik o‘lar holga kelib qolganida ham ispan veterinarlariga maslahat solingan.

    “Elektr o‘chib qolib, shunday bo‘ldi, desak, ispanlar: ‘Voy, elektrni nega o‘chirdinglar?’ deydi. Holatni tushuntirolmaysan ham, tushuntirishga uyalasan kishi”, — deya afsuslanib gapiradi qo‘riqxona rahbari Baxtiyor Hojimatov.

    Yechim qanday bo‘ladi?

    Bo‘stonliq tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi Ravshan Yunusovning aytishicha, qo‘riqxonani ikkinchi toifali elektr energiyasi iste’molchiga aylantirish orqali muammoni hal qilish mumkin (qo‘riqxona, yuqorida ta’kidlanganidek, hozirda uchinchi toifaga kiradi). “Ikkinchi toifada elektr ta’minoti ikki tomonlama bo‘ladi. Quyosh batareyasimi, dizelmi, shamol elektr moslamasimi, farqi yo‘q, ikkinchi liniya bo‘ladi”, — deya tushuntiradi muhandis.

    Toifani o‘zgartirish uchun esa Yagona darcha xizmatiga murojaat qilish kerak. “Istashsa, elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qilishsa, shartnoma tuzilsa, qurilishidan boshlab loyihasigacha tayyorlab beriladi. Shartnoma shartlari ma’qul kelmasa, shunday ishlar bilan shug‘ullanadigan xususiy firmalar ham bor”, — deya qo‘shimcha qildi Bo‘stonliq tuman elektr tarmoqlari korxonasi vakili.

    Bola qo‘lidagi sabzini yemoqchi bo‘layotgan ohu.

    Bola qo‘lidagi sabzini yemoqchi bo‘layotgan ohu.
    Foto: “Daryo”/ Musulmonbek Ibrohimov

    Corrida Food rahbariyati esa “Daryo” muxbirlari qo‘riqxonaga kelib, vaziyatni o‘rganmagunicha elektr tarmoqlari korxonasidan hech kim ularning shikoyatini tayinli tinglamaganini, korxona vakillari: “Sizlar uchinchi toifadagi iste’molchisizlar”, deb ularning o‘zini aybdor qilishdan nariga o‘tmaganini ta’kidladi. Umid qilamizki, mas’ullar ushbu masalani hal qilish chorasini ko‘radi, kiyiklar esa bundan buyon elektr yo‘qligi uchun o‘lar holga tushmaydi.

    Mustahkam Tangriyorova va Musulmonbek Ibrohimov tayyorladi

    23.04.2021, 03:59   Izoh (0)   86355
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada mahalladagi tanishining oldiga kelgan yigitni qizlarning oldiga kelganlikda ayblab, urib, “yechintirib ketgan”lar qo‘lga olindi

    22.04.2021, 23:42

    Buxoro viloyatidagi 11 ta maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarda koronavirus aniqlangani sabab karantinga yopildi

    22.04.2021, 23:11

    Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga internet xizmatlari hajmini kamida 2 baravarga oshirish topshirig‘ini berdi

    22.04.2021, 23:00

    O‘zbekistonda besoqolbozlikda ayblanib, qamalgan mahbuslar soni ma’lum qilindi

    22.04.2021, 22:41

    XTV Toshkentdagi maktabda dars payti LGBT mavzusi ko‘tarilganini rad etib, voqea aks etgan videoni e’lon qildi

    22.04.2021, 21:59

    O‘zbekiston bo‘yicha qancha maktab masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilgani ma’lum qilindi

    22.04.2021, 21:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.