Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda 21-aprel kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 384 ta yangi holat ro‘yxatga olindi — bu kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha 2021-yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Bundan avvalgi antirekord 18-aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 342 kishida COVID-19 tasdiqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 73 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 54 nafari Toshkent viloyatida,
  • 207 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sabab namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shunday qilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan rasman tasdiqlangan shaxslar soni 87 935 nafarga yetgan. Ulardan 290 nafari (Qoraqalpog‘istonda 1 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Jizzaxda 12 nafar, Samarqandda 54 nafar, Sirdaryoda 5 nafar, Surxondaryoda 1 nafar, Farg‘onada 3 nafar, Xorazmda 5 nafar, Toshkent viloyatida 27 nafar, Toshkent shahrida 176 nafar) sog‘aygan. Jami sog‘ayganlar soni 85 007 nafar, sog‘ayish ko‘rsatkichi — 97 foiz.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2288 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?