Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida OKMK 21-aprel, chorshanba kuni “Shabob al-Ahli” bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Uchrashuvning asosiy vaqti o‘rtacha tempda o‘tdi. Dastlab 28-daqiqada Ahmad al-Hoshimi hisobni ochdi. O‘yin tugashi arafasida, aniqrog‘i 87 va 90+1-daqiqalarda OKMK 2 ta to‘p kiritib g‘alabani ilib ketdi. Gollarga mos ravishda Yovan Jokich hamda Akrom Komilov mualliflik qildi. Shu tariqa Mirjalol Qosimov jamoasi musobaqadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

BAA klubi safida to‘p suradigan Jaloliddin Masharipov mazkur bahsda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda “Al-Hilol” “Istiqlol”dan 3:1 hisobida ustun keldi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Birinchi davradan keyin A guruhi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

OChL

Guruh bosqichi, 3-tur bahsi

21-aprel, chorshanba

OKMK — “Shabob al-Ahli” 2:1

Gollar: 0:1 — 28 al-Hoshimi, 1:1 — 87 Jokich, 2:1 — 90+1 Komilov.

OKMK: 32.Suhrob Sultonov, 77.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov, 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo‘rayev, 75), 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar Shoahmedov, 75), 94.Elvin Fortes (10.Husniddin G‘ofurov, 46), 9.Zafar Polvonov (18.Aleksandr Kasyan, 30), 28.Shohrux Gadoyev (11.Murod Toshmatov, 79).

“Shabob al-Ahli”: 55.Majid Nosir, 2.Salmin Hamis (21.Muhammad Jobir, 76), 3.Karlos Eduardo, 4.Muhammad Marzuq, 5.Volid Abbos, 7.Jaloliddin Masharipov, 9.Abdulaziz Haykal, 15.Abdalla an-Naqbi, 34.Xarib Abdalla (78.Yeyd Hamis, 82), 77.Ahmed al-Hoshimi (99.Igor Jesus 82), 88.Majid Hassan.

Ogohlantirish: Jokich (27), Rahmonov (55), Komilov (57).

“Al-Hilol” — “Istiqlol” 3:1.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi