Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

G‘arbiy mintaqada markazlashgan tizimda o‘tkazilayotgan Osiyo Chempionlar Ligasining 1-tur uchrashuvlari 14 va 15-aprel kunlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: OFK

Foto: OFK

OFK matbuot xizmati tur yakunlari bo‘yicha haftaning eng chiroyli goliga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Nomzodlar qatoridan “Paxtakor” yarim himoyachisi Sharof Muhiddinovning goli ham o‘rin oldi. Shuningdek, “Paxtakor” darvozasiga kiritilgan ikkinchi to‘p ham g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Quyida nomzodlar bilan tanishing:

  • Jalol Hussayni (“Persepolis”) — “Al-Vahda”ga qarshi o‘yindagi (1:0) gol;
  • Muhammad Abboszoda (“Traktor”) — “Paxtakor”ga qarshi bahsdagi (3:3) gol;
  • Sharof Muhiddinov (“Paxtakor”) — “Traktor”ga qarshi uchrashuvdagi (3:3) gol;
  • Mehdi G‘oidi (“Istiqlol”) — “Al-Ahli”ga qarshi bellashuvdagi (5:2) gol;
  • Xolid Bavazir (“Sharja”) — “Eyr Fors”ga qarshi o‘yindagi (1:0) gol.

OFK rasmiy saytida so‘rovnoma bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu havola orqali kirib, so‘rovnomada qatnashish mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank