“Vilyarreal” Yevropa Ligasi chorak final javob bahsida “Dinamo Zagreb”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1) va musobaqa yarim finaliga chiqdi.
Ispan klubi bosh murabbiyi Unai Emeri faoliyati mobaynida 6-marta Yevropa Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi. Bu murabbiylar orasida mutlaq rekord hisoblanadi.
Avvalroq mutaxassis bu ishni “Valensiya” (2012-yilda), “Sevilya” (2014—2016-yillar) va “Arsenal” (2019) klublari bilan uddalagandi.
Emeri bu musobaqada “Sevilya” bilan uch marta chempionlikni qo‘lga kiritgan.
“Vilyarreal” Yevropa Ligasi yarim finalida ispaniyalik mutaxassisning sobiq jamoasi “Arsenal” bilan kuch sinashadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)