Mashhurlik va boylik inson hayotini tubdan o‘zgartirib yuborishi hech gap emas. Masalan, ko‘plab taniqli yulduzlar qimmatbaho mashinalar sotib oladi, hashamatli qasrlarga ko‘chib o‘tadi. Biroq ularning orasida ayrimlarining hisob raqamlarida millionlar daromadi bo‘lsa-da, kamtarona turmush tarzidan voz kechmaydi.

Kianu Rivz ko‘chada dam olmoqda

Foto: AdMe

Gollivudning eng kamtar yulduzlaridan biri. Og‘ir kunlarni boshdan kechirganiga qaramay, aktyor rahmdilligi bilan barchani hayratga solishda davom etmoqda. U bolalar shifoxonalari va saraton kasalligi bo‘yicha tadqiqotlarni moliyalashtiradi. U odatda yo‘lakda sharbat ichib biroz dam olib, so‘ngra uyiga mototsiklda qaytishni yaxshi ko‘radi.

Anjelina Joli o‘g‘lining kursdoshi bilan suhbatlashmoqda

Foto: AdMe

O‘g‘li maktabni yakunlab, universitetga kirgan har qanday ona xursand bo‘lishi tabiiy, shuningdek, Anjelina Joli ham. Joli va Pittning katta o‘g‘li Meddoks Janubiy Koreyadagi Yonse universitetida biokimyo bo‘yicha ta’lim oladi. Joli o‘qishning birinchi kunida o‘g‘lini qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan va uning kursdoshlari bilan suhbat qurgan.

Hozirgina metrodan chiqqan Sara Jessika Parker

Foto: AdMe

Sarani ko‘pincha metroda uchratish mumkin. Aktrisa uchun transportning arzonroq turida yurish sarguzashtga o‘xshaydi. U hattoki Nyu-Yorkning gavjum ko‘chalari aks etgan videoni o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylashtiradi.

Eshli Benson yoqilg‘i quyish shoxobchasida

Foto: AdMe

“Hammaga salom. Hafta oxirida mashinamga yoqilg‘i quydirganimni ma’lum qilmoqchiman. Umid qilamanki, siz ham vaqtingizni yaxshi o‘tkazmoqdasiz. Iltimos, bugun kechki ovqat uchun kimda qanday taklif bor. Maslahatingiz kerak”, – deydi Eshli Instagram sahifasida. Eng taniqli yulduzlarning biri sifatida aktrisa ham boshqalar singari oddiy qiz ekanini ko‘rsatdi.

Riz Uizerspun bolalari bilan bog‘da

Foto: AdMe

Aktrisaning muvaffaqiyatli karyerasi uning g‘amxo‘r ona bo‘lishiga to‘sqinlik qilmasligini ma’lum qilgan. U qizi hamda o‘g‘li bilan birgalikda bolalar maydonchasida vaqt o‘tkazadi. Keyin oilaviy piknik uyushtirib, pitssadan bahramand bo‘ladi.

Nayl Xoran metroda suratga tushmoqda 

Foto: AdMe

Mana yana bir qiziqarli xabar. “Metroda selfi” – deya izoh qoldirgan One Direction’ning sobiq qo‘shiqchisi Instagram’dagi sahifasida. Naylga jamoat transport vositasi shunchalar yoqadiki, shuning uchun ham selfiga tushishdan qaytmaydi.

Ketrin Zeta-Jons qizi bilan maktabga metroda boradi

Foto: AdMe

Ketrin mashhur aktrisa bo‘lishiga qaramay, shaharda metrodan foydalanishdan uyalmaydi. Bundan tashqari, u qizini maktabga metroda olib borishni afzal ko‘radi. Aktrisa oddiy odamlardan farq qilmasligidan faxrlanadi.

Sandra Bullok va Rianna tanaffus vaqtida hot-dog tanovul qilmoqda

Foto: AdMe

Hot-dog va kartoshka-fri kombinatsiyasi shu qadar mazaliki, Sandra va Bullok ham uni rad etmaydi. “Oushenning 8 do‘sti” filmining suratga olish jarayonidan keyin tanaffus vaqtida ular fastfud iste’mol qilish uchun oshxonaga kirgan. Ular hattoki birgina quloqchindan foydalangan holda nimadir tinglamoqda.