Ko‘p qizlar uchun saxiylik asosiy erkaklik fazilatlaridan biri hisoblanadi. Yulduzlar orasida esa bundaylar talaygina. Ular, ayniqsa, daromadini xayriyaga sarf etishda umuman ayamaydi.

Devid Bekhem

Foto: Cosmopolitan

Mashhur futbolchi 10 yildan ortiq vaqt mobaynida xayriya ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqda. 2005-yilda u YuNISEF xalqaro xayriya tashkilotiga qo‘shilgan va 2015-yilda “7” fondini tashkil etgan. Tashkilot zo‘ravonlik qurbonlari va og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarga yordam beradi. Shuningdek, Bekhem yaqinlariga sovg‘a uchun ham katta mablag‘ sarflaydi. Yaqindagina futbolchi rafiqasining biznesiga salkam 32 million dollar sarmoya kiritgani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, u Viktoriyaga qimmatbaho sovg‘alar ham taqdim etadi. Oilaviy bayramlarning birida Viktoriya turmush o‘rtog‘idan timsoh terisidan ishlab chiqarilgan ko‘k olmosli, bahosi 280 ming dollarlik sumka olgan.

Kianu Rivz

Foto: Cosmopolitan

Kianu Gollivudning juda kamtar aktyorlaridan biri sifatida tanilgan. U bir necha marotaba film muvaffaqiyati uchun gonorarning muhim qismidan voz kechgan. Masalan, “Matritsa” kartinasida 80 million dollarni hamkasblariga tarqatgan va yana bir safar rejissorga “Iblisning advokati” filmiga Al Pachinoni taklif qilish uchun pulining bir qismini bergan. “Zanjir reaksiyasi” filmining suratga olish jarayonida aktyor bir necha hafta davomida ijodiy guruh uchun tushlik olib bergan. Rivz saraton kasalligini davolaydigan va bolalar shifoxonalariga yordam beradigan xususiy fondga ega. Aynan shu yerda aktyor katta pul sarf etadi. Ba’zi hamkasblaridan farqli o‘laroq aktyor yaxshi ishlarni ovoza qilmaydi, fond esa hattoki uning ismini ham aytmaydi.

Jonni Depp

Foto: Cosmopolitan

Mashhur aktyor ham xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi va ko‘pincha turli xil fondlarga mablag‘ o‘tkazadi. Jonnining o‘zi buni reklama qilmasa-da, 2007-yil qizi davolangan Londondagi Greyt Ormond Strit shifoxonasiga 1,5 million dollar, ayollar yordam fondiga esa 350 ming dollar xayriya qilganligi ma’lum. Bundan tashqari, aktyor insonlarga shaxsan yordam ham beradi. U avtohalokatdan keyin komaga tushgan muxlisining ota-onasi chaqirig‘i bilan kelgan va unga qo‘lidan kelganicha yordam berishini va’da bergan. Ayniqsa, aktyor xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarni rag‘batlantirishdan charchamaydi, u 4000 ming dollar miqdorida choychaqa pulini bergan vaqti ham bo‘lgan

Dreyk

Foto: Cosmopolitan

2018-yil God’s Plan musiqiy klipini suratga olish vaqtida Dreyk tasodifiy odamlarga deyarli million dollar ajratdi. Ushbu aksiya davomida u Mayamidan o‘tib ketayotganlarga naqd pul taqdim etdi va shu bilan birga universitetda o‘qish uchun to‘lov puliga chek yozdi, supermarketlarga tashrif buyuruvchilarning barcha xaridlari uchun pul to‘ladi. Bolalar uyidagilarga sovg‘alar, yangi avtomobillarning bir nechta kalitini topshirdi. Maktab va o‘t o‘chiruvchi bo‘limlarga xayriya qildi. Dreyk o‘zining xayriya impulsini hayotidagi eng muhim narsa deb ataydi.

Jorj Lukas

Foto: Cosmopolitan

“Yulduzlar jangi” filmi rejissori ham ta’lim tashkilotlariga xayriya qilishda mablag‘ini ayamaydi. Uning fikriga ko‘ra, ta’lim insoniyat omon qolishining kalitidir. 1991-yilda u o‘zining fondida Edutopia dasturini ochdi va 2006-yilda o‘zi o‘qigan Janubiy Kaliforniya universitetiga 175 million dollar xayriya qildi. Jorj 2012-yilda o‘z kompaniyasi Lucasfilm’ni Disney’ga sotganidan so‘ng, bitimdan tushgan pulning, taxminan, 4 milliard dollarini xayriya ishlari uchun sarflagan. Jorj bor mablag‘ini Stand Up to Cancer va Make A Wish Foundation fondiga o‘tkazgan.

Mark Sukerberg

Foto: Cosmopolitan

26 yoshida Facebook asoschisiga aylangan Mark uzoq vaqtdan beri xayr-ehson ishlari bilan shug‘ullanib keladi. U Ebola virusining tarqalishini nazorat qilish markaziga 25 million dollar o‘tkazgan. Mark “Nyuark” maktab tizimi uchun 100 million dollar ajratgan. Shuningdek, San-Fransisko kasalxonasiga o‘tkazgan 75 million mablag‘ uchun muassasa binolaridan biriga uning nomi berilgan. Biroq Mark 2015-yilda qizi tug‘ilganidan keyin xayriya ishlarini yanada ko‘proq amalga oshirdi. U Facebook aksiyalaridan tushgan mablag‘larning 99 foizini xayriya ishlariga sarflashga va’da bergan. O‘sha vaqtda kompaniya 45 milliard dollarga baholangan edi. Bundan tashqari, u rafiqasi bilan Chan Zuckerberg Initiative tashabbusiga asos solgan bo‘lib, u faoliyati davomida turli ilmiy loyihalarga, taxminan, 1,8 milliard dollar sarflagan.

Leonardo Di Kaprio

Foto: Cosmopolitan

Leo yuqoridagilardan farqli o‘laroq yovvoyi tabiatni muhofaza qilishga ko‘p pul sarflaydi. 1998-yil aktyor ushbu muammo bilan shug‘ullanadigan Leonardo Di Kaprio Foundation nomidagi fondni tashkil etgan. 2014-yildan buyon aktyor BMTning tinchlik bo‘yicha elchisi ham sanaladi. Bundan tashqari, u Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish fondiga 3 million dollar xayriya qildi. Yaqinda Grenlandiyada qor to‘planishini kuzatuvchi maxsus stansiya yaratish va o‘rnatish uchun 15 million dollar ajratdi. Leo sovg‘a borasida ayollarni ham unutmaydi. 70 ming yevro evaziga Italiyada ta’til yoki ekologik Toyota Prius aktyorga muammo emas.

Jay-Z

Foto: Cosmopolitan

Jay-Z dizaynerlik buyumlari savdosi tufayli o‘z jamg‘armasi uchun 1 million dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi va yil boshida rafiqasi Beyonse bilan birgalikda o‘zining vegan muxlislariga konsert uchun umrbod chiptalarni syurpriz qilishga qaror qildi. Aytgancha, reper rafiqasiga ham tez-tez qimmatbaho sovg‘alar taqdim etadi. 350 ming dollarlik sumka, 4 million dollarlik orol va 18 qirotli olmos reperga 5 million dollarga tushgan.