Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistondagi yirik alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri — “Navruz International Corp.” MChJ “Mehrli yurak” xayriya aksiyasi boshlanganligini e’lon qiladi.

Montella Daily 2021-yil aprel oyining boshidan 30-sentabrgacha, ichimlik suvining sotib olingan har bir donasidan tug‘ma yurak nuqsoni (TYUN) bor bolalarda operatsiyalar o‘tkazish uchun, “Mehrli yurak” aksiyasining rasmiy hamkori — “Mehrli qo‘llar” xayriya markazi bazasida ochilgan maxsus hisob raqamiga 50 so‘m miqdorida pul o‘tkazadi.

TYUN bilan kasallangan minglab bolalar hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydigan, ammo juda qimmat turadigan operatsiyaga muhtoj. Montella Daily savdo markasining hamkori bo‘lmish “Mehrli qo‘llar” xayriya markazi TYUN bilan kasallangan bolalarning ota-onalari murojaatlarini ko‘rib chiqadi va Eramed klinikasida bolalarning davolanishini tashkil qiladi. Shu maqsadda +99855 500 03 30 ishonch telefoni ishlamoqda, shuningdek, arizalarni www.mehrliyurak.uz veb-saytida ham qoldirish mumkin.

“Mehrli qo‘llar” xayriya markaziga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva rahbarlik qiladi.

Nogiron ota-onalar bilan bo‘lgan shaxsiy munosabatlar tarixi, “Qo‘l bilan so‘zlovchilar” jamg‘armasidagi qulog‘ida va ko‘z-quloq nutqida nuqsoni bor insonlar bilan ishlashning yigirma yillik tajribasi hamda “Mehrli qo‘llar” xayriya markazidagi rahbarlik tajribasiga ega bo‘lgan Ra’no Shodiyeva TYUN bo‘lgan bolalarga yordam beruvchi “Mehrli yurak” aksiyasining ambassadoriga aylandi.

Montella Daily sizni chorlaydi: “Bizga qo‘shiling! Axir yaxshilik qilish oson, hatto har kuni ham”.

Bolalarga sog‘liq tuhfa etish uchun siz ham mehrli yuraklar armiyasiga qo‘shiling! Aksiyada 0,33 va 0,5 millilitr hamda 1—1,5 litr o‘lchamdagi, yorlig‘ida “Mehrli yurak” logotipi bilan aksiya haqida ma’lumot berilgan Montella Daily ichimlik suvi mahsulotlari ishtirok etadi.

Ko‘proq ma’lumotlar va kompaniyaning hisobotlari www.mehrliyurak.uz veb-saytida.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda