Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni onlayn to‘lash imkonni beruvchi “Dyhxx.ejarima.uz” tizimi uch kun davomida ishlamaydi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Dyhxx.ejarima.uz” tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish ishlari amalga oshirilishi sababli tizim 2021-yil 7-aprel kuni soat 22:00 dan 11-aprel kuni soat 16:00 ga qadar vaqtincha ishlamaydi.

Telegram’dagi “Bank va mijoz” kanalining yozishicha, texnik ishlar vaqtida — 9-11-aprel kunlari Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring (MUNIS) tizimi orqali “0210-MVD oplata shtrafov” xizmatlar yetkazib beruvchisiga ma’muriy huquqbuzarliklar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarima to‘lovlari qabul qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vazirligi “Dyhxx.ejarima.uz” tizimini 2019-yilning iyulida ishga tushirgan bo‘lib, u Yo‘l harakati qoidalari buzilgani aks etgan videoyozuvlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan.