• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish taklif etilmoqda

    O‘zbekiston Jinoyat kodeksining yangi tahririda yo‘l harakati xavfsizligi va transport vositalaridan foydalanishga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.uz”. Bosh prokuratura kodeksning yangi tahririga oid qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xususan, 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan ehtiyotsizlik sabab sodir bo‘lgan jinoyatlarni (hozirda ular uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar qatoriga kiradi) og‘ir jinoyatlar toifasiga kiritish taklif etilmoqda. Ushbu o‘zgarish umumiy qabul qilingan qoidalarga asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra jazoning miqdori jinoyatning ijtimoiy xavfliligi darajasiga qarab belgilanadi.

    Shuningdek, inson o‘limi va boshqa og‘ir oqibatlarni yuzaga keltirgan ehtiyotsizlik orqali sodir bo‘lgan jinoyatlarni og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazish nazarda tutilmoqda. Hozirda inson o‘limiga sababchi bo‘lgan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi yoki transport vositasidan foydalanishga oid jinoyatlar uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Biroq bu adolat prinsipiga mos kelmaydi, deyiladi hujjat loyihasi izohida.

    Jinoyatlarni tasniflash asosida jazoning turi va miqdorini aniqlash uchun quyidagicha jarimalarni belgilash rejalashtirilgan:

    • BHMning 200 baravarigacha (49 million so‘m) — jamoatchilikka katta xavf tug‘dirmagan jinoyatlar uchun;
    • BHMning 400 baravarigacha (98 million so‘m) — uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun;
    • BHMning 600 baravarigacha (147 million so‘m) — og‘ir jinoyatlar uchun.
    Hozirda jarimalar BHMning 5 dan 600 baravari oralig‘ida belgilanmoqda.

    Shu bilan birga, sudlanuvchi belgilangan jarimaning 2/3 qismini 3 oy ichida to‘lasa, qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi.

    Inson omiliga bog‘liq jumlalar, masalan, “jiddiy ziyon” va “jiddiy zarar”larni jinoyat qonunchiligidan chiqarib tashlash taklif etilmoqda. Bu tergov va sud organlarining subyektiv fikri asosida qilmishni jinoyat sifatida tasniflash amaliyotini rad etishga olib keladi.

    Jinoyat kodeksida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni qayta ko‘rib chiqish

    Jinoyat kodeksining 266-moddasini (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) quyidagi tahrirda qabul qilish taklif etilmoqda.

    Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa — 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish (hozirda —  bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi);

    Shu kabi harakat:

    • mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki intellektual va irodaviy faoliyatga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’sirida sodir etilgan bo‘lsa;
    • odamlar o‘limiga sababchi bo‘lsa — 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish (hozirda — muayyan huquqdan mahrum qilib, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
    Shu kabi harakat sabab quyidagilar yuzaga kelsa:
    • mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki intellektual va irodaviy faoliyatga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’sirida sodir etilgan YTH inson o‘limiga sababchi bo‘lsa;
    • odamlarning o‘limiga;
    • boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish (hozirda — muayyan huquqdan mahrum qilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi).

    Jinoyat kodeksining 262-moddasini (transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish) quyidagi tahrirda qabul qilish taklif etilmoqda:

    Ta’mirlash ishlarini bajarayotgan yoki transport vositasining texnik holati va undan foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning temiryo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil yoki boshqa transport vositasini, aloqa yo‘llari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarini sifatsiz ta’mirlashi, shuningdek, transport vositasining texnika holati jihatidan buzuqligini bila turib, uni foydalanishga chiqarishga ruxsat berishi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa — 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi (hozirda — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda (24,5 million so‘m) jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

    O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa —

    3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi (hozirda — 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    O‘sha qilmish:

    • odamlar o‘limiga;
    • boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (hozirda — 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi).

    Jinoyat kodeksining 261-moddasini (mast holdagi shaxsning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yish) quyidagi tahrirda qabul qilish taklif etilmoqda:

    Transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul shaxsning mast holatdagi yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida bo‘lgan shaxsni temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti yoki boshqa transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yishi badanga og‘ir shikast yetkazilishiga yoxud odam o‘lishiga sabab bo‘lsa — 3 yilgacha oylik maoshidan ushlab qolish yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

    O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa — 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki 3 yilgan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi (hozirda — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda (24,5 million so‘m) jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi).

    Avvalroq O‘zbekiston Jinoyat kodeksining yangi tahriri orqali qator huquqbuzarliklarga jinoiy javobgarlik belgilash, shuningdek, kodeksning ayrim moddalarini dekriminallashtirish rejalashtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Loyihada boshqa qator o‘zgarishlar ham mavjud bo‘lib, muhokamalar 9-martga qadar davom etadi.

    25.02.2021, 12:10   Izoh (0)   31161
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Avvalgi yil bilan juda katta farq bo‘lmaydi” — DTM 2021-yilgi fanlar majmuasi haqida

    25.02.2021, 11:44

    Rishtonda Malibu urib yuborishi oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi

    25.02.2021, 11:12

    Toshkentda yangi yo‘llar quriladi, yopilganlari qayta ochiladi va mavjudlari kengaytiriladi — IIV YHXBB

    25.02.2021, 10:27

    “Ular koronavirusdan ham yomonroq” — Sherzod Kudbiyev “naqdlashtiruvchilar” haqida

    25.02.2021, 10:11

    “Amerika ovozi” jurnalisti: “AQShda OAVlar odamlarni qiynayotgan kichik, maishiy muammolarni yozmaydi, bunga hojat ham yo‘q, aslida”

    25.02.2021, 09:42

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” “Shovvozsoy” dam olish maskani bo‘yicha izoh berdi (foto)

    25.02.2021, 09:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.