“Real” Chempionlar Ligasi chorak final dastlabki bahsida “Liverpul”ni mag‘lub etdi (3:1).

Foto: Twitter/@realmadrid

Shu tariqa madridliklar ketma-ket to‘rtinchi marta “Liverpul”ga qarshi o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi.

Avvalroq jamoa Chempionlar Ligasi 2017/18-yilgi mavsumi finalida inglizlarni 3:1 hisobida yenggandi. Shuningdek, 2014-yilda ushbu musobaqa guruh bosqichida ikki bor g‘alaba qayd etilgan — 3:0 va 1:0.

Bunga qadar “Liverpul” Chempionlar Ligasi 2008/09-yilgi mavsum 1/8 finalida “Real”ni ikki bor mag‘lub etgandi (4:0, 1:0).

Qayd etish joiz, “Real” Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi dastlabki o‘yinni yutgan 16 ta holatning 15 tasida keyingi bosqichga yo‘l olgan. So‘nggi bor Madrid jamoasi 2018/19-yilgi mavsumda “Ayaks”ni birinchi uchrashuvda taslim etib, keyingi o‘yin natijasiga ko‘ra musobaqani tark etgandi.

“Liverpul” va “Real” o‘rtasidagi keyingi o‘yin 14-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!