Tailandning Lampang shahrida Soju laqabli retriver zotli kuchuk 40 daraja issiqdan muzlatkich ichiga berkinib olib, o‘z xo‘jayinini hayron qoldirdi, deb xabar beradi Esquire.

Foto: Daily Mail

Uy hayvonining egalari Soju unga eshikni ochishlarini sabr bilan kutayotgani va shundan so‘ng muzlatkich ichiga kirib yotib olganini videoga olgan.

“Soju doim issiqni yomon ko‘rgan. Muzlatkichni ochganimda sovuq havoni sezib qolgan edi. Shundan keyin oldimga kelib, havo qayerdan kelayotganini tekshirdi va oyoqlarim orasidan o‘tib, muzlatkich ichiga kirib oldi”, — deydi itning egasi Panya Banxong.

Ma’lum qilinishicha, Tailandda hozirda havo harorati juda yuqori va meteorologlarning prognoziga ko‘ra, bu kabi harorat iyun boshiga qadar davom etadi.