“Avto.ru” saytida 1964-yilda ishlab chiqarilgan va restavratsiyadan so‘ng, ideal holatda bo‘lgan “GAZ-21” sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. 21 ming kilometr yo‘l bosgan yorqin sedan 6,9 million rublga (90 ming dollar) baholanmoqda. Bu pulga yangi BMW X6 xarid qilish mumkin, deb yozadi Motor.

Foto: “Auto.ru”

E’londa ko‘rsatilishicha, 57 yillik “Volga” xuddi konveyerdan yangi chiqqan holda va o‘zining barcha original ehtiyot qismlarini saqlab qolgan. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, sedanga hozirga qadar ikki kishigina egalik qilgan va ular mashinani hech qachon qishda haydamagan. Hozirda noyob avtomobil Gus-Xrustalniy shahrida o‘zining yangi xo‘jayinini kutmoqda.

Foto: “Auto.ru”

Sotuvga qo‘yilgan sedan 1962-yildan 1970-yilga qadar ishlab chiqarilgan “GAZ-21”ning uchinchi seriyasiga taalluqli. O‘zidan oldingi ajdodlaridan u bamperlarining ko‘rinishi va 37 ta ustunchaga ega radiator panjarasi bilan farq qiladi. Mashina salonida yangi materiallar paydo bo‘lgan: tom qismi sun’iy charm bilan, o‘rindiqlar yangi yarim sintetik matolar bilan qoplangan.

Foto: “Auto.ru”

“Volga”ning 2,5 litrli motori 75 ot kuchini taqdim etishga qodir va agregat mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Boshqa yangiliklari qatoridan teleskopik amortizatorlar va ancha bardoshli kuzov emaliga ega bo‘lgan.

Avvalroq Rossiyada sakkiz yil davomida restavratsiya qilingan 55 yillik “Volga” sotuvga qo‘yilgani, Moskvada 13 yil garajda saqlangan “VAZ-2107” 13,5 ming dollarga baholangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”