Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi qarori bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etildi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

Filial O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Milliy musiqa san’ati sohasida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega bo‘lgan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Filialda o‘quv jarayoni 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanadi.

Filialga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilish ko‘rsatkichlari har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan OTMga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. 2021/2022-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul jarayoni va ijodiy imtihonlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkaziladi.

Avvalroq Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etilishi, poytaxtda Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali ochilishi, “Toshkent materialshunoslik universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida O‘zbekistonning har bir hududida 2021-yil 1-sentabrgacha kamida bittadan nodavlat OTM ochilishi ma’lum qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston konditsionerlarni eng ko‘p qaysi davlatga sotayotgani ma’lum bo‘ldi
Sport
“Barselona” transferlari uchun klublardan 142 million yevro qarz
Dunyo
AQSH tarixidagi eng qonli jinoyat, avtomobil sanoatida tub burilish yasagan “Tunuka Lizzi” va ko‘pxotinlikda ayblanib, ushlangan mormonlar yetakchisi. Kun tarixida...