Misr fir’avnlari mumiyolarini ko‘chirib o‘tkazishga bag‘ishlangan tantanali marosim Misr poytaxti Qohirada bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Interfaks”.

Foto: EPA

18 fir’avn va to‘rt malikaning mumiyolari Qohiradagi Misr muzeyidan Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyiga ko‘chirib o‘tkazildi. Mumiyolar xronologik tartibda — 17-sulola hukmdori Sekenenre Taa II dan boshlab Ramzes IX gacha — birma-bir olib o‘tildi.

Foto: EPA

Pandemiya sababli ochiq osmon ostida tadbirlar o‘tkazish cheklovlari  olib tashlangan edi. Tashkilotchilar tomonidan “Fir’avnlarning oltin paradi” deb nomlangan muhtasham marosim 3-aprel kuni Qohira vaqti bilan 20:00 da (Toshkent vaqti bilan 23:00) boshlandi. Har bitta mumiyo bezatilgan va maxsus amortizatorlar o‘rnatilgan alohida avtomobillarga joylashtirildi, kortejga esa ot qo‘shilgan ikki g‘ildirakli harbiy aravalarning nusxalari hamrohlik qildi.

Foto: EPA

Ko‘chirib o‘tkazish vaqtida mumiyolar azot bilan to‘ldirilgan maxsus idishlarga solindi. Bunday usul mumiyolarni tashqi vayronkor omillardan himoya qilishga yordam beradi.

Foto: EPA

Yangi eksponatlar 18-apreldan omma e’tiboriga havola etiladi. Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi zali Luksordagi Shohlar vodiysi ko‘rinishida bezatilgan.

Foto: EPA

Bundan tashqari, kelasi yil Gizadagi piramidalar yaqinida yangi Katta Misr muzeyi ochilishi kerak, u yerda Tutanxamonning mashhur kolleksiyasi saqlanadi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA