Daryo

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, haykaltarosh Yakov Shapiro 83 yoshida vafot etdi

U Toshkentdagi Shota Rustaveli, Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Lal Bahadur Shastri, Botir Zokirov, Buxorodagi Xo‘ja Nasriddin Afandi haykallari va boshqa bir qator arxitektura-haykaltaroshlik ansambllari muallifidir

1 daqiqa o‘qish36 764 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hook

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, haykaltarosh Yakov Shapiro 83 yoshida vafot etdi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” xalqaro multimedia loyihasi xabar berdi.

Yakov Shapiro.Foto: Yevgeniy Olevskiy / “Pisma o Tashkente”

Yakov Shapironing ijod namunalari O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Fransiya, Italiya, Isroil, Yaponiya va boshqa davlatlarda o‘rnatilgan. Toshkent metrosining beshta stansiyasi, jumladan, “Mustaqillik maydoni” va “Buyuk ipak yo‘li” stansiyalari uchun pannolar ushbu haykaltarosh tomonidan tayyorlangan.

“Buyuk ipak yo‘li” stansiyasidagi panno.Foto: Hook.Report.

Bundan tashqari, haykaltarosh Toshkentdagi Shota Rustaveli, Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Lal Bahadur Shastri, Botir Zokirov, Buxorodagi Xo‘ja Nasriddin Afandi haykallari muallifi hisoblanadi.

Shastri yodgorligi.Foto: “Karavan Grupp”
Shastri yodgorligi.Foto: “Karavan Grupp”
Xo‘ja Nasriddin Afandi yodgorligi.Foto: “Karavan Grupp”

Ijodkor yana bir qator arxitektura-haykaltaroshlik ansambllari, jumladan, “Kosmonavtlar” metro stansiyasidagi Ona zamin, Ikar, Ulug‘bek, Siolkovskiy, Korolyov, Gagarin hamda kosmonavt Vladimir Jonibekov figuralaridan iborat yulduzlar mavzusidagi kompozitsiya muallifidir.

Avvalroq O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev 88 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

2020-yilda taniqli kompozitor va dirijyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Anvar Ergashev, Sharof Rashidovning ukasi, O‘zbekiston san’at arbobi, taniqli pedagog olim, adabiyotshunos va tarjimon Asil Rashidov 90 yoshida, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Sanjar Sodiqov 80 yoshida, yozuvchi, dramaturg, publitsist, O‘zbekiston san’at arbobi Abduqahhor Ibrohimov 79 yoshida, jurnalist va yozuvchi Sotvoldi Rajabov 74 yoshida, yozuvchi Mamadali Mahmudov 79 yoshida olamdan o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar