Daryo

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Anvar Ergashev vafot etdi

U “Osmondagi bolalar”, “Alanga ichidagi farishta”, “Oq bino oqshomlari”, “Uch qirol jangi”, “Oyi” kabi filmlarga musiqa yaratgan edi

1 daqiqa o‘qish103 712 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati

Taniqli kompozitor va dirijyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Anvar Ergashev vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati

Anvar Ergashev Milliy simfonik orkestri bosh dirijyori va Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik teatri badiiy rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

50 dan ortiq badiiy va musiqiy filmlar, spektakllar bastakori, ko‘plab qo‘shiq hamda musiqalar muallifi. Uning kinodagi ishlari sirasiga “Bomba”, “Sharif va Ma’rif”, “Osmondagi bolalar”, “Alanga ichidagi farishta”, “Oq bino oqshomlari”, “Uch qirol jangi”, “Oyi” filmlari kiradi. Yetuk kompozitorning so‘nggi ishi bir necha oy oldin premyerasi bo‘lib o‘tgan “101” kinoasari edi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar